You are currently viewing Kofe keyk (Cofee cake)

Kofe keyk (Cofee cake)

Kofe keyklarning ikki xil turi bor, Amerikacha va Britancha turi. Buguni retsept Amerikacha turi bo‘lib, u AQSHga nemis ayollari bilan birgalikda kelgan. Bu keksga kofe qo‘shilmaydi, u odatda kofe yoki choy bilan birgalikda ertalabki yoki kunduzgi tamaddi  paytida yeyilganligi uchun shu nom bilan tanilgan. Kofe keyk tayyorlanishi juda oson bo’lgan shirinlikdir.

Kerakli mahsulotlar (28×28 smli keks uchun):

Kofe keyk xamiri uchun:

  • 400 gr un
  • 100 ml eritilgan margarin yoki sariyog‘
  • 250 gr shakar
  • 350 ml smetana yoki yog‘li qatiq
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 2 dona tuxum
  • 1 choy qoshiq dolchin maydasi (корица)
  • 1 osh qoshiq razrixlitel
  • Yarim choy qoshiq ichimlik sodasi
  • Yarim choy qoshiq tuz

Kofe keyk uchun streusel  (keksning ustiga sepish uchun)

  • 100 gr jigarrang shakar (yo‘q bo‘lsa oddiy shakar)
  • 50 gr un
  • 1 choy qoshiq dolchin (корица)
  • 30 gr eritilgan margarin yoki sariyog‘
  • 50 gr atrofida pekan yoki grek yong‘og‘i (men ikkalasini aralashtirdim)

Oldin streuselni tayyorlab olamiz. Buning uchun idishda shakar, un, dolchin va erigan sariyog‘ni aralashtiramiz.

streusel uchun kerakli mahsulotlar

Bularning ustiga tovada qizdirilgan va maydalangan yong‘oqni qo‘shamiz. Bu aralashmani chetga surib qo‘yamiz.

streusel uchun kerakli mahsulotlar

Idishda smetana va choy sodasini aralashtiramiz. Uning ustiga eritilgan sariyog‘, tuxum va shakarni solib aralashtiramiz.

kofe keyk uchun xamir tayyorlash
kofe keyk uchun xamir tayyorlash

Boshqa idishda un, razrixlitel, vanilin, dolchin va tuzni aralashtiramiz.

kofe keyk uchun xamir tayyorlash

Endi smetanali aralashmaga unli aralashmani qo‘shib qoshiq bilan aralashtiramiz.

kofe keyk uchun xamir tayyorlash
keks uchun xamir tayyorlash

Endi xamirning yarmini yog‘langan qolipga quyamiz va ustiga struselning yarmini sepamiz. Keyin struselni ustini cho‘p bilan ozgina yurgizamiz, xamirga oz-moz aralashishi uchun.

keks uchun xamir tayyorlash

Endi xamirning qolgan qismni qolipga quyamiz, va streuselning qolgan qismini ham sepamiz.

keks uchun xamir tayyorlash
kofe keyk uchun xamir tayyorlash

Endi kofe keykni 180°Cda 40 minut pishiramiz.

kofe keyk

Pishib chiqqanligini gugurt cho‘pi bilan tekshiramiz.

Kofe keyk sovigach uni kesib dasturxonga kofe yoki choy bilan tortamiz.

kofe keyk va kofe

E’tibor qiling.

Xamirni uzoq aralashtirib yubormang, bo‘lmasa kofe keyk zich bo‘lib qoladi.

kofe keyk va kofe

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda kofe yoki choy bilan dasturxonga tortish uchun yana boshqaq ajoyib pishiriqlarning retseptini ham topasiz. Masalan, shokoladli brauni yoki biskotti.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com