Kokosli keks har qanday dasturxonning ko‘rki bo‘ladi. Ayniqsa yangi yil bayrami dasturxoni uchun u juda ajoyib keks. Kokosli keksni tayyorlash juda oson.
Kerakli mahsulotlar (21 sm diametrli keks uchun):
Xamiriga:
- 300 gr un
- 250 gr kokos kukuni
- Yarim choy qoshiq tuz
- 2 choy qoshiq razrixlitel
- 200 gr shakar
- 4-5 dona tuxum
- 200 ml sut (ozgina limon sharbati qo‘shilgan)
- Ozgina vanillin
- 200 gr sariyog‘
Glazuri uchun
- 4 osh qoshiq kremchiz (cream cheese)
- 200 gr shakar kukuni
- 4 osh qoshiq sut
- Ozgina kakos kukuni
Kokosli keks uchun xamir tayyorlash va pishirish
Hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.
Sariyog‘ va shakarni mikser bilan ko‘pirtirib oling.
Keyin tuxumlarni bitta-bitta qo‘shing, ko‘pirtirishda davom eting. Sut va vanillinni ham qo‘shing.
Alohida idishda un, tuz, razrixlitel va kokos kukunini aralashtirib oling. Ularni sariyog‘li aralashmaga qo‘shing. Hammasi aralashtiring.
Xamirni yog‘langan va un sepilgan o‘rtasi teshik keks qolipiga quying.
Kokosli keksni 170⁰Cda qizib turgan duxovkada 45 minut atrofida pishiring. Kokosli keksni pishganligini gugurt cho‘pi bilan tekshirib oling.
Keksni 15 minut atrofida qolipda soviting, keyin qolipdan chiqarib oling. Uni to‘la sovitishga qo‘ying.
Kokosli keks uchun krem tayyorlash
Buning uchun kremchiz, sut, shakar kukuni va vanillinni venchik bilan aralashtirib oling.
Endi kremni keksning ustiga quying. Kremning ustiga kokos kukunidan seping.
Kokosli keks tayyor. Uni kesib dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Keksning xamirini ko‘p aralashtirib yubormang, bo‘lmasa keks mayin chiqmaydi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yangi yil uchun boshqa retseptlarni ham topasiz. Masalan, banoffee pirogi yoki chizkeyk.
Veb sahifa: www.juvajon.com