You are currently viewing Kokosli makarun (pechenye)

Kokosli makarun (pechenye)

Kokosli makarun AQSHda eng keng tarqalgan makarun turidir. Unning mazasi juda ajoyib bo’lib, katta va kichikka birdek yoqadi. Kokosli makarunni tayyorlash juda oson va oddiy. Shuning uchun, uni bolalar bilan ham tayyorlash mumkin.

Kerakli mahsulotlar (20 dona uchun):

  • 150 gr kokos maydasi
  • 2 dona tuxum oqi
  • Yarim banka quyultirilgan sut (сгущенное молоко)
  • Bir chimdim tuz
  • 50 ml eritilgan shokolad (xohishga qarab)

Yarim choy qoshiq vanillin esensiyasi yoki shakari

Kokos maydasi va quyultirilgan sutni aralashtirib oling.

Tuxum oqini ozgina tuz bilan mikser yordamida ko’pirtirib oling. Tuxum oqi oppoq ko’pik ko’rinishiga kirgunicha ko’pirtiring.

Kokosli makarun (pechenye) tayyorlash

Endi tuxum oqini kokosli aralashma bilan aralashtirib oling.

Bu aralashmani fergament qog’ozi solingan listga 1 osh qoshiq atrofida solib chiqing.

Kokosli makarun (pechenye) tayyorlash

Kokosli makarunni 150⁰ C da qizib turgan duxovkada 20-25 minut atrofida och tilla rang bo‘lguncha pishiring.

Pishib chiqqan kokosli makarunlarni sovitib oling. Keyin xohishga qarab, ularning tubini shokoladga botirib oling. Ustiga ham biroz shokoladli eritmadan seping. Shokolad qotigach kokosli makarun tayyor bo’ladi.

Kokosli makarun (pechenye) tayyorlash
Kokosli makarun (pechenye)

E’tibor qiling:

Xona  haroratidagi tuxum oqi yaxshi ko’piradi.

Kokosli makarunlarni usti yopiq idishda bir necha kun saqlash mumkin.

Kokosli makarun (pechenye)

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa kokosli pishiriqlarning retseptini ham topasiz. Masalan, grek kokosli keksi, basbusa yoki kokosli keks.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com