You are currently viewing Kruassan – Dunyodagi eng mashhur bulochka

Kruassan – Dunyodagi eng mashhur bulochka

Kruassan, chinakam fransuzcha talaffuzi, ‘kwason’. O‘ta yumshoq va qaytarilmas ta’mi bilan butun dunyoga mashhur. Bu pishiriq birinch bo‘lib Avstriyada paydo bo‘lgan, lekin hozirda Fransiya bilan bog‘lanadi. Croissant nomi, yarimoy shaklini anglatuvchi ‘crescent’ so’zidan olingan. Ularning zamonaviy retsepti 20 asrning boshlarida rivojlangan.

Oldindan ogohlantiraman kruassan tayyorlash qunt talab etadi, lekin uning mazasi bu harakatga arziydi. Chunki bir marta kruassan yeb ko’rgan odam, uning mazasini esidan chiqarmaydi.

Kerakli mahsulotlar (14 dona kruassan uchun):

  • 500 gr un
  • 300 ml sut
  • 14 gr xamirturush (droja)
  • 50 gr shakar
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 300 gr sariyog‘ (сливочное масло)
  • 1 dona tuxum (ustiga surkash uchun)

Xamir qorish

Buning uchun idishda iliq sut, xamirturush va shakarni aralashtiramiz. Boshqa kattaroq idishda un va tuzni aralashtirib olib unga sutli aralashmani quyib xamir qoramiz.

Kruassan uchun xamir olish jarayoni
Kruassan uchun xamir olish jarayoni

Bu xamirni to‘rtburchak shakliga olib kelib, ustini sellofan bilan o‘raymiz va xolodilnikka kamida 6 soat yoki kechasi bilan solib qo‘yamiz.

Kruassan uchun xamir olish jarayoni

Sariyog‘ni tayyorlash

300 gr sariyog‘ni (xona haroratida, lekin yumshoq emas) 1.5-2sm qalinlikda kesib olamiz va katta fergament qog‘ozga terib olamiz (ramsga qarang).

Kruassan uchun sariyog' tayyorlash

Keyin ustini qog‘ozning qolgan qismi bilan o‘rab, juva yoki shunga o‘xshash narsa bilan urib va yoyib katta va yupqa to‘rtburchak shaklini beramiz.

Kruassan uchun sariyog' tayyorlash

Men 25×40 sm qildim. Sariyog‘ni ham o‘rab xolodilnikka solib qo‘yamiz.

Kruassan uchun sariyog' tayyorlash

Kruassan xamirini tayyorlash

Ertasi kuni xamirni olib 60x40sm atrofida ozgina un sepilgan stolda yoyib olamiz.Uning ustiga sariyog‘ni qo‘yamiz va rasmda ko‘rsatilgandek qilib xamir bilan yopamiz.

Kruassan xamirini tayyorlash
Kruassan xamirini tayyorlash
Kruassan xamirini tayyorlash

Keyin juva bilan xamirni biroz yoyib olamiz va oldin tepa tomonini keyin pastki tomini buklaymiz.

Kruassan xamirini tayyorlash
Kruassan xamirini tayyorlash

Xamirni yaxshilab o‘rab xolodilnikka 30-60 minut orasida solib qo‘yamiz. Xamirni men sariyog‘ o‘ralgan qog‘oz bilan, keyin sellofan bilan o‘rayman.

Vaqt o‘tgach xamirni 30×45 sm atrofida yoyib olamiz va yana oldin tepa tomonidan, keyin past tomonidan buklaymiz. Ustini o‘rab xolodilnikka solib qo‘yamiz.

Shunday qilib bu jarayonni 5-6 marta takrorlaymiz. Xar safar xamirni 30-60 minut tindiramiz. Xamirni har safar buklangan tomoni o‘ng tomonga qo‘yilsa, xamir har safar qarama-qarshi tomonga yoyiladi. Bu muhim!

Xamirni oxirgi marta yoyishdan so‘ng uni yaxshilab o‘rab kamida 6 soatga yoki kechasi bilan xolodilnikka solib qo‘yamiz. Men kechasi bilan solib qo‘yaman, lekin oxirgi, oltinchi yoyishni kechki payt qilaman.

Kruassanga shakl berish

Ertasiga ertalab xamirni olib 60×45 sm atrofida to‘rtburchak shaklda yoyib olamiz va chetlarini kesib yuboramiz.

Endi xamirni rasmda ko‘rsatilganidek qilib 14 dona uchburchakka kesib olamiz. Buning uchun xamirni oldin gorizontal o‘rtasidan kesamiz va keyin har bir qismni uchburchak qilib kesib olamiz. Men tekis chiqishi uchun lineyka ishlataman.

Navbat kruassanlarni tugishga keldi. Bitta uchburchakni olib, qo‘l bilan sal cho‘zib olamiz. Keyin esa enli tomonidan uchiga qarab xamirni ezmay, yengil harakat bilan o‘rab olamiz va uchlarini biroz ichkari tomonga buklaymiz.

Kruassan tugish

Tugilgan kruassanlarni ozgina yog‘ surkalgan yoki fergament qog‘ozi solingan listga teramiz. Keyin ularning ustini yengil o‘rab 2 soatga yoki kruassanlar 2 barobar oshgunicha tindiramiz.

2 soatdan so‘ng ularning ustiga ozgina sut aralashgan tuxum surkaymiz, ikki marta.

Keyin duxovkani 200°C ga qizdirib kruassanlarni 15 minut davomida pishiramiz.

Kruassan

Kruassanlar yangiligida eng mazali bo‘ladi. Odatda ular nonushtaga yeyiladi.

Kruassan
Kruassan

E’tibor qiling:

Kruassanlarning xamirini yoyishda faqat keragicha un ishlating va ortiqchasini har safar tushurib yuboring.

Corssantlarning har bir qadamini qunt bilan qiling, bo‘lmasa ularni  qati chiqmaydi, yoki ko‘tarilmaydi va kruassanlar oddiy bulochka bo‘lib qoladi.

Xamirni xolodilnikda saqlashdan maqsad uni oshirmasdan turib orasiga sariyog‘ kirgizib olish va so‘ngra ikki soat davomida oshirish.

Xamirga margarin yoki yumshoq maslo turidan ishlatmang, asl sariyog‘ ya’ni “сливочное масло” bo‘lishi shart.

Kruassan

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa nonushta uchun ajoyib pishiriqlarning retseptini ham ko’ring. Masalan, sinabon bulochkasi yoki belgiya vaflisi.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

recipe image
Kruassan