You are currently viewing Masala choy – Ajoyib hind ichimligi

Masala choy – Ajoyib hind ichimligi

Masala choy yoki chay Hindistonda qadimdan ichilib kelingan. Lekin hozirda masala choy boshqa joylarga ham keng tarqalgan. Bu choy odam organizmi uchun foydali ichimlikdir. Masala choy odamga rohatbaxsh bo‘lib, u odamga tasalli beradigan. Bir vaqtning o‘zida bu choy organizmni tetiklantiradi. Ayniqsa gripp va shamollash faslida masala choy ayni muddaodir.

Kerakli mahsulotlar (2 ta portsiya uchun):

  • 700 ml suv
  • 200 ml sut
  • 3-4 dona qalampir munchoq
  • 8-10 dona kardamon
  • 1 dona dolchin cho‘pi yoki 0.5 choy qoshiq maydasi
  • Ozgina arpabodiyon urug’lari
  • 1choy qoshiq maydalangan zanjabil
  • Ta’bga qarab asal yoki shakar
  • 2 choy qoshiq qora quruq choy yoki 2 ta choy qopchasi
Masala choy uchun kerakli mahsulotlar

Avval choy uchun urug‘larni tayyorlab olamiz. Buning uchun idishda qalampir munchoq, kardamon va arpabodiyon urug‘ini biroz ezib olamiz (lekin mayda bo‘lib ketmasin).

Masala choy uchun kerakli mahsulotlar

Endi sut, suv, zanjabil va qolgan hamma narsani (quruqchoydan tashqari) qozonchaga solamiz. Qozonchani olovga qo‘yamiz va qaynatamiz. Aralashmani 15 minut atrofida qaynatamiz.

Masala choy damlash
Masala choy damlash

Suyuqlik ozayganda unga quruq choyni qo‘shamiz va 1 minut qaynatishda davom etamiz.

Endi olovni o‘chiramiz. Masala choyni 1 minut dam yediramiz.

Vaqt o‘tgach choyni elakdan o‘tkazamiz va ta’bga qarab shakar yoki asal qo‘shamiz.

Choy tayyor. Uni issiqligida dasturxonga tortamiz.

Masala choy

E’tibor qiling:

Sut qaynayotganda biroz ko‘tariladi, shuning uchun e’tiborli bo‘ling.

Agar sizda dolchin cho‘pi yo‘q bo‘lsa, dolchin maydasidan ishlatish mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa ajoyib ichimliklarning retseptini ham ko‘ring.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com