You are currently viewing Maxroviy tort

Maxroviy tort

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • 10 ta tuxum
  • 10 osh qoshiq shakar
  • 8 osh qoshiq un + 1 pachka razrixlitel yoki 1 choy qoshiq ichimlik sodasi (uksus bilan eritilgan)
  • 2 osh qoshiq kakao

Krem uchun:

  • 300 ml sut
  • 150 gr shakar
  • 2 ta tuxum
  • 1 osh qoshiq un
  • 1 osh qoshiq kartoshka kraxmali (yo‘q b o‘lsa o‘rniga un q o‘shsa b o‘ladi)
  • 250 gr saryog‘ (slivochnoe maslo)
  • Ozgina vanilla essensiyasi yoki vanilla kukuni

Sirop uchun:

  • 4 osh qoshiq shakar
  • 60-70ml suv

Krem tayyorlash

Ishni zavarnoy kremni tayyorlashdan boshlaymiz. Buning uchun chuqur tovaga 150 gr shakar va sutni qo‘shub past olovga qo‘yamiz. Bu aralashma qizib turgunicha boshqa idishda 2 ta tuxumni aralashtiramiz. Unga un va kraxmalni q‘shib olamiz. Endi qizib turgan sutli aralshmadan ozgina olib unli arlashmaga qo‘shamiz. Buni yaxshilab aralashtiramiz va uni qayta qizib turgan sutga qo‘shib zavarnoy krem tayyorlaymiz. Butun krem tayyorlash jarayonida olov past bo‘lishi kerak va tinmay aralshtirib turish kerak. Ehtiyot boling, bu krem tagiga olishi mumkin.

Maxroviy tort kremi

Endi olovni o‘chirib kremni boshqa sovuq idishga quyib olamiz, unga vanilinni qo‘shib yana bir marta aralshtirib ustini plyonka bilan o‘rab qo‘yamiz. Plyonka kremni ustiga tegib turishi shart (rasmga qarang). Tayyor zavarnoy kremni chetga sovutgani olib qo‘yamiz.

Xamir tayyorlash

Xamir qilishdan oldin qoliplarni tayyorlab olamiz. Menda ikkita bir hil diamteri 17.5smlik qolip bor, shunga birdaniga tortning ikkala qavatini teng tayyorlayman. Agar sizda bitta qolip bo‘lsa, odin 5ta tuxumlik xamir qilib oling, keyin ikkinchi xamirni tayyorlang.

Qoliplarning tubiga fergament qog‘ozidan kesib soldim va yonboshlarini margarin bilan yog‘lab oldim.

Maxroviy tort qolipari

Endi biskivitni tayyorlashni boshlaymiz. 10 ta tuxumning oq va sarig‘ini bitta katta laganga chaqib olamiz va uni mikser yordamida yaxshilab 10-12 minut davomida ko‘pirtiramiz. Tuxum 3-4 marta ko‘payganda 1 osh qoshiqdan shakarni solib yana ko‘pirtirishda davom etamiz. 10 osh qoshiq shakarni solib bo‘lganimizdan keyin ko‘pritirishni to‘xtatamiz.

Maxroviy tort xamirini tayyorlash

Bu aralashmani ikkiga bo‘lib bir qismiga 5 osh qoshiq elangan un, ikkinchi qismiga esa 3 osh qoshiq un va 2 osh qoshiq kakaoni qo‘shib sekin-asta aralashtiramiz. Men mikserning venchigini aralashtirish uchun ishlataman.

Maxroviy tort xamirini qoliplarga solish

Pishirish

Xamirni qoliplarga quyib 180C°da qizib turgan duxovkada 40 minut davomida pishiramiz. Tortni pishib chiqqanini gugurt cho‘pi bilan tekshirsa bo‘ladi. Biskivitlarni biroz sovutib, ehtiyotkorlik bilan qoliplardan chiqarib, mutloq sovushi uchun chetga olib qo‘yamiz.

Maxroviy tort xamiri tayyor

Qaynagan 60-70 ml suvga 4 osh qoshiq shakar solib sirop tayyorlab olamiz. Uni ham sovutgani qo‘yib kremni tayyorlashga o‘tamiz.

Yumshoq saryog‘ni 10 minut davomida mikser yordamida ko‘pirtiramiz. Saryog‘ oppoq bo‘lib ketadi. Endi bunga oz-ozdan sovugan zavarnoy kremni qo‘shib mikser bilan aralashtiramiz.

Maxroviy tort kremi tayyor

Endi ikkala biskvitni gorizontal o‘rtasidan bo‘lib olamiz, ja’mi to‘rt qavat bo‘ladi. Oq va qora biskvitlarning o‘rtasidan alohida idishga uvoqchalar chiqarib olamiz, bular bizga keyinroq kerak bo‘ladi.

Tarelkaga birinchi tort qavatini qo‘yamiz, xohlasangiz oq xohlasangiz qorasini. Unga sirop quyib, krem surkab chiqamiz. Krem va siropni taxminan to‘rt qavat uchun yetadigan qilib chamalab ishlating.

Endi ikkinchi qavatni qo‘yamiz, agar birinchi qavat oq bo‘lsa, ikkinchi qavat qora bo‘lsin. Xullas, tortning hamma qavatlari shu tarzda qo‘yilib chiqiladi.

Maxroviy tort kremini surkaymiz

Keyin ustiga olib qo‘yilgan oq va qora ushoqchalar sepilib chiqiladi. Tort tayyor bo‘lgach kesishdan oldin uni albatta salqin joyda kamida 4-5 soat qoldirig.

E’tibor qiling:

Zavarnoy krem qaynamasligi kerak, bo‘lmasa krem kuyib qoladi.

Saryog‘ juda ham yumshoq holatda bo‘lishi kerak (rasmga qarang), bo‘lmasa yaxshi ko‘pirmaydi.

Biskvitning xamirini ehtiyot bo‘lib aralshtirish kerak, bo‘lmasa o‘tirib qoladi.

Tortning ustini xohlaganingizcha bezating.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa tortlarning retspetlarini bu yerda topasiz. Masalan, keyingi safar Viktoriya tortini tayyorlab ko’ring.

Telegram kanalimizga ulaning

recipe image
Maxroviy tort