You are currently viewing Nok desert – sog‘lom va mazali taom

Nok desert – sog‘lom va mazali taom

Nok desert tayyorlashga juda oson va tez mazali taomdir. Uni nonushtaga ham tayyorlash mumkin.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):

  • 4 dona nok
  • 50 gr grek yong‘og‘i
  • 2 choy qoshiq yoki ta’bga qarab asal
  • Ozgina dolchin donasi
  • 8 osh qoshiq yogurt yoki muz-qaymoq

Avval nok desert uchun noklarni tayyorlab olamiz. Buning uchun ularni o‘rtasidan bo‘lib, urug‘ini olib tashlaymiz. Bu isni qoshiq bilan qilish osonroq.

Nok

Noklarning o‘rtasiga maydalangan yong‘oqlarni teng bo‘lib solamiz.

Nok desert tayyorlash

Endi dolchin maydasi va asalni sepamiz.

Noklarni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 25-30 minut davomida pishiramiz. Vaqt nokning qanchalik yumshoqligiga bog‘liq. Men noklarni 25 minut davomida pishirdim. Noklar yumshoq, lekin shaklini ushlab qolgan bo‘lishi kerak.

Nok desert tayyorlash

Nok desert tayyor, uni iliqligida yogurt yoki muz-qaymoq bilan dasturxonga torting. Men nok desertni nonushta uchun tayyorladim. Shuning uchun uni grek yogurt bilan dasturxonga tortdim.

Nok desert

E’tibor qiling:

Nok desertga oz miqdorda sariyog‘ ham ishlatish mumkin. Unda yong‘oqni solishdan oldin, sariyog‘ni nokning o‘rtasiga solish kerak.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda duxovkada pishgan olmaning retseptini ham ko‘ring. Yana blogda boshqa sog‘lom nonushtalarning retseptini ham topasiz. Masalan, smuthi yoki granola.

Nok desert

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com