You are currently viewing Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Bugun ko‘pchilikka tanish bo‘lgan o‘zbek va qozoq milliy taomi bo‘lgan norin tayyorlash bilan tanishtiraman. Ko‘pchilik norinning vatani Toshkent shahri deb biladi. Norin tayyorlash unchalik murakkab jarayon emas, lekin ko‘proq mehnat talab etadi.

Kerakli mahsulotlar (2 kg norin uchun):

  • 2 kg lahm mol go‘shti
  • Tuz, murch va zira

Norin xamiri uchun

  • 400 ml suv
  • 1 dona tuxum
  • 700 gr atrofida un
  • 1 osh qoshiq tuz
  • 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 300 ml yog‘ (xamirga surkash uchun)
  • 1 dona piyoz

Norin uchun go‘shtni tayyorlash

Buning uchun bo‘laklarga bo‘lingan go‘shtga tuz va zira seping.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Keyin uni tagidan havo kirib turadigan idishga tering. Endi uni xolodilnikka 3-4 kunga solib qo‘ying. Bu vaqt ichida go‘sht quriydi. Endi tuzlangan go‘shtni katta idishda sovuq suvga solib qaynating.

Go‘sht qaynab chiqqach, suvning ustida ko‘pik paydo bo‘ladi. Ko‘pikni olib tashlang. Go‘sht 2 soat atrofida qaynashi kerak. Bu orada suvning yuzasida 2-3 marta ko‘pik payda bo‘ladi, har safar ko‘pikni olib tashlang. Go‘sht pishib chiqqach, uni suvdan chiqarib oling va sovitishga olib qo‘ying. Go‘sht to‘la sovigach uni xolodilnikka solib turing.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Tovada 300 ml yog‘ni bir dona to‘rg‘algan piyoz bilan qizdirib oling. Piyoz to‘q tilla rang bo‘lgach uni yog‘dan suzib oling. Bu piyoz bizga kerak bo‘lmaydi. Biz yog‘ni ishlatamiz. Yog‘ni sovitish uchun bir chetga surib turing.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Norin uchun xamir tayyorlash

Iliq suv, tuxum, 2 osh qoshiq yog‘ va unni solib xamir qoring.

Norin uchun xamir qattiq olinish kerak (chuchvara va matining xamiridan qattiqroq bo‘ladi).

Keyin xamirga yaxshilab ishlov bering. Uni ikkiga bo‘lib xolodilnikka yarim soatga solib qo‘ying. Ustini albatta o‘rang.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Yarim soat o‘tgach xamirga yana bir oshlov bering va xona haroratida 15 minut qoldiring. Keyin bitta zuvalani olib uni doira shaklida yoyib oling.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Norinning xamiri chuchvara va mantining xamiridan qalinroq yoyiladi. Xamirning qalinligi ugraning xamiri qalinligi kabi bo‘lishi kerak. Xohlasangiz ikkala zuvalani ustma-ust qo‘yib teng yoyib oling. Lekin norinni xamirini yoyish biroz kuch talab etadi,. Shuning uchun men zuvalalarni bitta-bittadan yoyaman.

Yoyilgan xamirni ustam-ust qilib taxlab oling. Keyin 15 sm kattalikda lentalar kesib chiqing.

Keyin lentalarni bir-birining ustiga qo‘ying. 15 sm atrofida kvadrat shaklini kesib chiqing. Bu jarayon chuchvaraning xamirni kesishga o‘xshaydi, faqat xamir kattaroq kesiladi. Kesilgan xamirni bir chetga surib turing. Ikkinchi zuvalani ham xuddi shunday kesib oling.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Norin xamirini qaynatish va to’rgásh

Endi go‘sht qaynagan suving ustiga yana biroz suv qiying. Suvni qaynating. Kerak bo‘lsa tuz soling. Qaynayotgan suvga xamirdan 3-4 dona soling. Men 4 donadan soldim.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Xamir 1.5 minut atrofida qaynaydi va suvning yuzasiga chiqib qoladi. Bu xamirni pishganligini bildiradi. Pishgan xamirni suvdan chiqaring va uni darrovda sovuq suvga soling.
Xamirni sovuq suvdan darrovda oling, keyin uni toza dasturxonga terib chiqing.

Yana qaynayotgan suvga 4 dona xamir solib, ularni ham shu usulda pishirib oling. Xamirning hammasini pishirib, yoyib oling.

Dasturxonga yoyilgan xamirlarni ikkinchi tomoni ontaring, u tomonini ham quriting.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Endi xamirni ustma-ust qilib piyoz bilan dog‘lang yog‘ bilan yog‘lab chiqing. Yog‘ni yaxshilab surkang. Ustma-ust terilgan xamirni xolodilnikka 1 soatga solib qo‘ying. Bu uni yana ham qotishiga yordan beradi.

Xamir tayyor bo‘lguncha go‘shtni to‘rg‘ab turing. Go‘shtni ingichka qilib to‘rg‘ang.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Keyin xamirni ham ikki yoki uchga bo‘lib oling. Uni ham ingichka qilib to‘rg‘ang.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Katta idishga to‘rg‘algan xamirni soling. Ustiga maydalangan zira va murch seping.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Keyin to‘rg‘algan go‘shtni soling. Hammasini qo‘l bilan aralashtiring, Kerak bo‘lsa yana ozgina yog‘ quying.

Norin (mol go‘shtidan norin tayyorlash)

Norin tayyor uni dasturxonga sovuq holatda torting.

Norin (mol go‘shtidan norin))

E’tibor qiling:

Bu retsept bo‘yicha tayyorlangan noringa qazi ham qo‘shish mumkin.

Yaxshilab sovutilgan xamir va go‘shtni kesish oson bo‘ladi.

Norin (mol go‘shtidan norin))

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa o’zbek milliy taomlarining retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com