You are currently viewing No‘xatli karri (curry)

No‘xatli karri (curry)

No‘xatli karri hind oshxonasining xaqli ravishda eng keng tarqalgan vakili. Uning mashhurligiga sabab, bu ovqat tez pishishi, oddiy mahsulotlardan tayyorlanishi va ta’mi o‘tkirligidir. Bu oqsilga boy ovqat sog‘lom ovqatlanishdagilar, vegetarian va veganlar uchun ham qo‘l keladi.

Kerakli mahsulotlar (7-8 portsiya uchun):

  • 800 gr pishgan no‘xat
  • 2 dona o‘rtacha kattalikdagi piyoz
  • 3 dona yaxshi yetilib pishgan pomidor yoki qozon shakarop
  • 4 dona chesnok tishi
  • 30-40 gr atrofida zanjabil (имбирь)
  • 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 1 osh qoshiq tomat
  • Yarim bosh kashnich
No‘xatli karri masalliqlari

Ziravorlar: (hammasi maydalangan bo‘lishi kerak) kashnich urug‘, zira, zanjabil qurug‘i, kukurma, murch, paprika, quritilgan chesnok maydasi (agar bo‘lsa) va ozgina qalampir maydasi.

No‘xatli karri uchun ziravorlar

Bularning o‘rniga karri uchun ziravorlar aralashmasidan ham foydalansa bo‘ladi.

Avvalo qozoncha yoki tovani qizdirib unga yog‘ni quying.

Qizigan yog‘ga hamma ziravorlarni soling. Kachnich urug‘i va zira bir osh qoshiqdan, qolganlari 1 choy qoshiqdan.

Endi bularni bir aralashtirib, ustiga kubiklangan piyoz va qirg‘ichdan o‘tkazilgan chesnok va zanjabilni solib qo‘g‘iring.

Piyoz och tilla rang bo‘lganda mayda to‘rg‘algan pomidor va tomatni solib qo‘g‘iring.

No‘xatli karri spusi

3-4 minut o‘tgach endi pishgan no‘xatni solib aralashtiring.

No‘xatli karri

Endi 100-150ml atrofida qaynagan suv quying.

Olovni o‘rta qilib qozon qopqog‘ini yoping va 15-20 minut atrofida pishiring. Ora-orada aralshtirib turing.

Vaqt o‘tgach olovni o‘chirib, to‘rg‘algan kashnichni ovqatga solib aralashtiring.

No‘xatli karri

Mana no‘xatli karri ham yarim soat ichida tayyor bo‘ldi. Endi uni issiqligida dasturxonga guruchli pilaf (retseptini shu kanalda topasiz) yoki non bilan birga dasturxonga torting. Xohishga qarab ustiga qatiq qo‘shsa ham bo‘ladi.

E’tibor qiling:

Karri odatda achchiqroq bo‘ladi, lekin men qalampirni juda oz miqdorda solaman. Achchiq yoqtiradiganlar ko‘proq solishi tavsiya etiladi.

Ziravorlar issiq yog‘ning ustiga solinsa, ularning hidi yana ham yaxshi chiqadi.

Yana bu karriga ohirida, ya’ni olovni o‘chirishdan 1-2 minut oldin, ismaloq qo‘shsa ham bo‘ladi.

No‘xatli karri holodilnikda 2-3 kungacha yaxshi saqlanadi.

No‘xatli karri tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Hind oshxonasining boshqa taomlari bilan mana bu yerda tanishing. Masalan, karrilarning yana bir turi tovuqli karri ham tayyorlab ko’ring.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com