Olma va ismaloq salati sog‘lom, mazali va tayyorlashga juda osondir. U yengil tushlik yoki garnir sifatida dasturxonga tortiladi. Vitamin va minerallarga, ayniqsa temir moddasiga bo‘y salat.
Kerakli mahsulotlar (3-4 portsiya uchun):
- 300 gr ismaloq
- 2 dona olma (nordon turi)
- 100 gr yong‘oq
- 200- 300 gr feta yoki echki sutidan tayyorlangan pishloq (men ikkalasini aralashtirdim)
Salatning sousi uchun:
- Yarim choy qoshiq xantal (горчица) men katta urug‘li turidan foydalandim
- 1 ta limonning sharbati
- 4 osh qoshiq zaytun yog‘i
- Yarim choy qoshiq asal
- Tuz va murch
Avval olma va ismaloqli salat uchun sous tayyorlab olamiz. Buning uchun hamma mahsulotlarni idishda vilka yordamida aralashtirib olamiz. Limonning sharbati va yog‘ aralashganda sous quyuqlashadi.

Endi yuvilgan va yaxshilab quritilgan ismaloq barglarni idishga solamiz. Keyin sousni uning ustiga quyib aralashtiramiz. Sousning ozgina qismini saqlab qo‘yamiz.

Keyin uning ustiga olmalarni kesib qo‘shamiz.


Pishloqni ham bo‘lib qo‘shamiz. Sousning qolgan qismini pishloq va olmaning ustiga quyamiz.
Keyin uning ustiga tovada qizdirilgan yong‘oqni katta-katta bo‘lib sepamiz.

Olma va ismaloq salati tayyor. Uni non bilan birgalikda dasturxonga tortamiz.

Blogda ajoyib nonlarning retseptini ham topasiz.
E’tibor qiling:
Ismaloqni suvi yaxshilab quritilishi kerak. Bo‘lmasa suv salatning mazasini buzadi.
Feta yoki echkining suvidan tayyorlangan pishloqning o‘rniga brinzadan ham foydalanish mumkin.
Yong‘oq tovada tezda kuyishi mumkin. Shuning uchun e’tiborli bo‘ling.

Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa sog‘lom salatlarning retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com