You are currently viewing Olmali pirog – inglizcha usulda

Olmali pirog – inglizcha usulda

Olmali pirog turlari juda ko’p. Bugun uni inglizlar tayyorlaydigan turi bilan tanishtiraman. Bu usulda tayyorlangan olmali pirog juda mazali chiqadi. Bu olmali pirog Britaniyada eng ko’p yeyiladigan dessertlardan biridir.

Kerakli mahsulotlar (27 sm pirog uchun):

Olmali pirog xamiriga:

  • 250 gr sariyog’ yoki margarin
  • 4 osh qoshiq shakar
  • 1 chimdim tuz
  • 30 ml muzdek suv
  • 1 dona tuxum

Nachinkasi uchun:

  • 3-4 katta olma
  • 1 osh qoshiq in
  • 120 gr jigarrang shakar
  • 1 dona apelsin zesti
  • 1 choy qoshiq dolchin maydaysi

Olmali pirog uchun xamir tayyorlash

Xamir uchun hamma mahsulotlar muzdek bo’lishi kerak.

Idishda un, tuz va shakarni aralashtirib oling.

Olmali pirog – inglizcha usulda tayyorlash

Uning ustiga sariyog’ni qirg’ichdan chiqaring. Hammasini ‘pesok’ qilib oling.

Alohida idishda tuxum va suvni aralashtirib oling. Aralashmani unni ustiga solib tezda xamir qo’ying. Bu suyuq aralashmadan ozgina saqlab qo’ying (pirogning ustiga surkash uchun). Xamirga ko’p ishlov berib yubormang.

Endi xamirni ikkiga bo’lib, o’rab xolodilnikka solib qo’ying. Xamir  kamida yarim soat tinishi kerak. Ungacha olmalarni tayyorlab turing.

Olmali pirog uchun nachinka tayyorlash

Po’chog’i archilgan olmalarni 1.5×2 sm atrofida to’rg’ab oling. Keyin ularning ustiga apelsin zesti, shakar, dolchin va unni soling. Hammasini aralashtiring.

Olmali pirog – inglizcha usulda tayyorlash

Olmali pirogni pishirish

Xamirni bittasini qolipdan kattaroq qilib yoyib oling.

Uni qolipga joylang. Ustiga nachinkani soling.

Olmali pirog – inglizcha usulda tayyorlash

Ikkinchi xamirni ham yoying. U bilan pirogning ustini yoping. Ortiqcha xamirni kesib tashlang. Pirogning chekkasini yopishtirib oling.

Endi pirogning o’rtasini teshib oling. Bu yerdan bug’ chiqib ketadi. Pirogning ustiga tuxum va sutli aralashmadan surkang.

Olmali pirog – inglizcha usulda tayyorlash

Olmali pirogni 180⁰C da qizib turgan duxovkada 30-35 minut davomida pishiring. Agar usti tezda qizartirib ketsa, uning ustini folga qog’oz bilan o’rab qo’ying.

Olmali pirog – inglizcha usulda tayyorlash

Pishib chiqqan olmali pirogni xona haroratida yarim soat qoldiring. Keyin iliqligida dasturxonga torting. Britaniyada bu pirog odatda vanillin ta’mli muz-qaymoq bilan birgalikda dasturxonga tortiladi.

Olmali pirog – inglizcha usulda

E’tibor qiling:

Bu xamirni boshqa piroglar uchun ham ishlatish mumkin.

Pirogning chetidan chiqqan xamirdan har xil shakllar yasab  alohida pishirish mumkin. Keyin ular bilan pirogning ustini bezatish mumkin.

Olmali pirog sovuq holatda ham mazali bo’ladi. Agar ortganini iliq holatda dasturxonga tortmoqchi bo’lsangiz, pirogni duxovkada isitib oling. Mikroto’lqinli pechda u nam bo’lib qoladi.

Olmali pirog – inglizcha usulda

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa piroglarning retseptini ham topasiz. Masalan, tvorogli pirog, oshqovoqli pirog, go’shtli pirog va karamli pirog.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com