You are currently viewing Oshqovoq ta’mli latte (Pumpkin spice latte)

Oshqovoq ta’mli latte (Pumpkin spice latte)

Oshqovoq ta’mli latte odatda kuz va qish oylarining ichimligi hisoblandi. U 2003 yildan Starbucks kafesilarida sotila boshlangan. O‘shandan beri u shu brendning eng mashhur fasliy ichimligi bo‘lib keladi. Hozirda uni boshqa kafe setlardan ham sotib olish mumkin. Bu lattening birinchi retsepti oshqovoq pyuresisiz tayyorlangan. 2015 yildan boshlab pyure ham qo‘shila boshlangan. Siz ham quyidagi retsept bo‘yicha tayyorlab ko‘rishingiz mumkin.

Kerakli mahsulotlar (2 portsiya uchun)

  • 400 ml sut
  • 2 osh qoshiq oshqovoq pyuresi
  • 2 choy qoshiq yoki ta’bga qarab asal
  • 1 choy qoshiq vanillin
  • 200 ml kofe damlamasi yoki 100 ml espresso damlamasi
  • Yarim choy qoshiq dolchin maydasi
  • Choy qoshiq uchida muskat yong‘og‘i, zaytun qurug‘i, qalampir munchoq maydasi
Oshqovoq ta’mli latte uchun kerakli mahsulotlar

Latte uchun oshqoqvoq pyuresi tayyorlash

Ishni oshqovoqli pyure tayyorlab olishdan boshlaymiz. Buning uchun oshqovoqni bo‘lib, duxovkada 1 soat davomida pishirib olamiz.

Pishib chiqqan oshqovoqni qoshiq yordamida po‘chog‘idan ajratib olamiz. Keyin blenderga solib pyure qilib olamiz. Oshqovoqli pyure tayyor. Endi uni latte uchun ishlatish mumkin.

Oshqovoq pyure

Oshqovoqli latte tayyorlash

Buning uchun sut, oshqovoq, asal va ziravorlarni qozonchaga quyamiz va qaynatib olamiz. 1 minut davomida qaynatamiz.

latte tayyorlash
latte tayyorlash

Endi sutli aralashmani blenderga quyamiz. Kofe damlamasini ham uning ustiga quyamiz.

latte tayyorlash
latte

Blenderni aylantiramiz. Oshqovoqli latte tayyor. Uni issiqligida dasturxonga tortamiz. Ta’bga qarab lattening ustiga dolchin yoki shokolad maydasi sepish mumkin.

E’tibor qiling:

Latte uchun ziravorlar miqdorini o‘z ta’bingizga qarab moslashingiz mumkin.

Blender aylantirilganda qopqog‘ini biroz ochiq qoldiring, bug‘ chiqib ketishi uchun.

Yana blenderning qopqog‘ini atrofini sochiq bilan o‘rab oling. Mabodo blenderning ichidagi suyuqlik sochilib ketsa sochiq ushlab qoladi.  Latte issiq bo‘ladi, shuning uchun ehtiyot choralarini ko‘ring.

latte

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa oshqovoqdan tayyorlanadigan ajoyib retseptlarni ham ko‘ring. Yana kofe tayyorlashning boshqa usullarini ham topasiz. Masalan, dalgona kofe.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com