You are currently viewing Panzanella – italiyancha yengil salat

Panzanella – italiyancha yengil salat

Panzanella bu Italiyaning Tuskan regionidan kelib chiqqan salatdir. Panzanella juda mazali va yoz uchun juda mos keladigan birinchi taom. Nazarimda bu salat xuddi yoz faslinini qoshiqqa solib qo‘ygandek.

Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):

  • 300 gr pomidor (men har xil turini aralashtiraman)
  • 300 gr italyancha yoki shu turdagi non
  • 20 gr parmazan pishlog‘i
  • 10-15 dona zaytun donalari
  • 2-3 qoshiq kaper (каперсы) (agar bo‘lsa)
  • 1 dona chesnok tishi
  • Yarim bog‘ rayhon barglari
  • 3 osh qoshiq sirka
  • 6 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i (3 osh qoshig‘i sousi uchun)
  • Tuz va murch
Panzanella uchun kerakli mahsulotlar

Pomidorni tayyorlash

Pomidorni 2×2 sm atrofida bo‘lib oling. Cherri turi bo‘lsa o‘rtasidan bo‘ling.

Uning ustiga maydalangan chesnokni, rayhonni, zaytun donalari va kaperni soling.

Panzanella uchun kerakli mahsulotlar

Idishchada sirka, 3 osh qoshiq zaytun yog‘i tuz va murchni aralashtirib, uni ham pomidorning ustiga quying. Hammasini aralashtirib, bir chetga 15 minutga surib turing.

Nonni tayyorlash

Nonni  1.5×1.5 sm atrofida bo‘lib oling.

Keyin uni tovaga soling va o‘rtacha olovda biroz qizartiring. Endi nonning ustiga 3 osh qoshiq zaytun yog‘ini quying biroz qo‘g‘iring.

Panzanella uchun nonni tayyorlash

Keyin qirg‘ichdan o‘tkazilgan parmazan pishlog‘ini seping va biroz qog‘irib, olovni o‘chiring.

Panzanella uchun nonni tayyorlash

Tayyor non kubiklarni pomidorli aralashmaga qo‘shing va aralashtiring.

Panzanellani 4 minut atrofida dam berib (non salatning suvini tortib oladi). Keyin uni dasturxonga torting. Men panzanella ustiga kalmara zaytunlaridan ham qo‘ydim.

Panzanella

E’tibor qiling:

Panzanella uchun bir-ikki kun turib qolgan non yaxshi bo‘ladi.

Blogimda yoki telegram kanalimda har xil nonlarning retseptlarini topasiz.

Yoqimli ishtaha!!!

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com