You are currently viewing Pide noni (yana bir turkcha non)

Pide noni (yana bir turkcha non)

Pide noni Turk nonlaridan biri hisoblanadi. Odatda uni ramazon oyida ko’p tayyorlashadi. Pide noni juda mazali non. Shakli o’zbekcha nonga o’xshagani bilan, ta’mida o’zbek nonidan biroz farq bor. 

Kerakli mahsulotlar (ikkita 30 smlik non uchun): 

  • 300 ml sut va suv aralashmasi (teng miqdorda) 
  • 500 gr atrofida un 
  • 7 gr xamirturush 
  • 5 gr  shakar (1 choy qoshiq) 
  • 7 gr tuz 
  • 1 osh qoshiq qatiq 
  • Sedana va kunjut (ta’bga qarab) 

Pide noni tayyorlash 

Ishni xamir tayyorlashdan boshlaymiz. Idishda suv va sut, un, shakar, tuz va xamirturushni solib o‘rtacha yumshoqlikda xamir qoring.  

Pide noni uchun xamir qorish

Keyin uning ustini o‘rab 40-60 minut davomida oshiring.  

Oshib chiqqan xamirni ikkiga bo‘ling va zuvala yasang. Uni ham 10-15 minut ustini o‘rab tindiring. 

Endi bitta zuvalani 30 sm atrofida doira shaklida yoyib oling. Chetlari balandroq qolsin. Keyin uning ustiga romb shaklida yo‘l chizib oling. 

Pide noni tayyorlash

Pide nonini mannaya krupa sepilgan listga joylang. Ustini o‘rab 20 minut atrofida yana oshiring.  

Oshib chiqqan nonning ustiga qatiq surkang, ta’bga qarab sedana yoki kunjut seping.

Pide noni tayyorlash

Uni 220⁰Cda qizib turgan duxovkada 18-20 minut atrofida pishiring. Pide noni tayyor, uni darrovda yoki keyinroq dasturxonga torting. 

Pide noni

E’tibor qiling: 

Xamirni zuvala holida non shakli berilgandan so ‘ng alabbat oshiring. 

Pide noni

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali nonlarning retseptini topasiz. 

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com