Guruchni bunday usulda pishirish hind oshxonasidan kelib chiqib, dunyoga keng tarqalgan. Pilaf guruchi hidi ajoyib bo‘lib, ko‘pchilikka manzur bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar (7-8 portsiya uchun):
- 350-400 gr basmati guruchi yoki guruchning oq va uzun sorti
- 1 dona piyoz
- 50 gr saryog‘
- 1 dona piyoz
- 2 dona lavr bargi
- 100-150 gr kishmish
- 0.5 choy qoshiq dolchin (корица)
- 1 dona tovuq yoki sabzavotlar ziravori (masalan Maggi kubiklari)
- Ta’bga qarab tuz
Avval guruchni yuvib, sovuq suvda yarim soat uyitib qo‘ying.
Endi tovaga saryog‘ning yarmini solib, eriting va unga mayda to‘rg‘algan piyozni solib biroz yengil qo‘g‘ring.
Endi dolchin va lavr bargini soling.
Guruchning suvini yaxshilab to‘kib tashlab uni ham tovaga solib biroz qo‘g‘iring.
Endi 1litr issiq suvga tuz va tovuq yoki sabzavotlar kubikidan solib eritib oling, va bu eritmani guruchga quying. Eritma bo‘lmasa unda qaynagan suvning o‘zini tuz bilan soling. Kishmishni ham ustiga soling.
Guruch qaynab chiqqach, olovni pasytirib ustiga qopqoq yopib, guruchni dimlab qo‘ying. Guruch hamma suvni tortib oladi va pishadi.
Endi guruchning ustini oching va saryog‘ning qolgan qismini solib, vilka yordamida yaxshilab aralashtiring.
Endi pilafni issiqligida dasturxonga torting. Bu odatda karrilar bilan yoki boshqa sousli ovqatlar bilan birga yeyiladi.
E’tibor qiling:
Hamma guruch suvni har xil tortadi, shuning uchun suvni shunga qarab o‘lchab quying.
Yoqimli ishtaha!!!
Veb sahifa: www.juvajon.com