You are currently viewing Piyoz uzuklari (onion rings)

Piyoz uzuklari (onion rings)

Piyoz uzuklari Amerika taomi bo‘lib, uning birinchi reklamasi 1933 yilda ‘The New York Times Magazine’ da chop etilgan. Hozirda u Shimoliy Amerika, Yevropa mamlakatlari va Avstraliyada ko‘p tayyorlanadi. Odatda piyoz uzuklari kafe va restoranlarda birinchi ovqat sifatida dasturxonga tortiladi, lekin ularni uy sharoitida ham tayyorlash juda oson. Ularning mazasi juda yaxshi bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar (2 dona piyoz uchun):

  • 2 dona o‘rta hajmdagi piyoz
  • 100 gr un
  • 30 gr makkajo‘xori kraxmali (bo‘lmasa un)
  • 200 ml gazli suv
  • 400 ml o‘simlik yog‘i
  • 0.5 choy qoshiq quritilgan chesnok (agar bo‘lsa)
  • 400 gr non tolqoni
  • 0.5 choy qoshiq quritilgan piyoz (agar bo‘lsa)
  • 0.5 choy qoshiq paprika
  • Xohishga qarab ozgina achchiq qalampir maydasi

Idishda un, kraxmal, qalampir (agar xohlasangiz) va gazli suvni aralashtirib oling.

Piyoz uzuklari tayyorlash
Piyoz uzuklari tayyorlash

Archilgan piyozlarni 1.5 sm qalinlikda ko‘ndalangiga kesib oling va har bir qavatini ajratib oling (rasmga qarang).

Piyoz
Piyoz

Endi piyoz uzuklarini bitta-bitta unli aralashmaga botirib, keyin tolqonga botiring.

Piyoz uzuklari tayyorlash

Endi ularning ikki yoki uchtasini qizib turgan yoqqa solib qo‘g‘iring. Piyozlar tezda pishadi.

Pishgan piyoz uzuklarini qog‘oz salfetkaga qo‘ying, ortiqcha yog‘ini tortib oladi.

Piyoz uzuklari

Tayyor uzuklarni issiqligida dasturxonga torting. Men burger bilan birgalikda qo‘ydim. Blogda yoki kanalda burger retseptini topasiz.

Piyoz uzuklari (onion rings)

E’tibor qiling:

Piyozlarni juda qalin qilib kesmang, bo‘lmasa piyoz pishmay qoladi.

Yoqqa birdaniga ko‘p piyoz solmang, bo‘lmasa yog‘ning harorati tushib ketadi.

Piyozlarning eng ichki qavatini ishlatmang, ularni boshqa ovqatga ishlatish mumkin.

Piyoz uzuklari (onion rings)

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali tamaddilarning retseptini ham topasiz. Masalan, kartoshka fri yoki pakora.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com