You are currently viewing Pulled bif (pulled beef)- yoki ipak go’sht

Pulled bif (pulled beef)- yoki ipak go’sht

Pulled bifning vatani AQSHdir. Lekin hozirda pulled bif Yevropa mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Bu retsept bo‘yicha pishirilgan mol go‘shti juda mayin bo‘lib pishadi (shuning uchun, yoshi ulug’ odamlarga ham juda qulay).

Pulled bifning pishishiga uzoq vaqt ketsa ham, aslida u juda oz mehnat talab etadi. Oson va sog‘lom retsept.

Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):

  • 1300-1500 gr mol go‘shti
  • 1 dona piyoz
  • 2-3 dona chesnok tishi
  • 2 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • Yarimta mol go‘shti uchun zaxira (masalan Maggi kubiklari)
  • 2 osh qoshiq ketchup
  • 1 osh qoshiq xantal (горчица)
  • 1 osh qoshiq jigarrang shakar
  • Ziravorlar: Worcester sousi (Вустерский соус), sirka, paprika, chesnok qurug‘i, piyoz qurug‘i, tuz va murch (1 choy qoshiqdan)
Pulled bif uchun mahsulotlar

Pulled bif  uchun tuzlama tayyorlash

Mol go‘shti uchun zaxirani 200 ml suvda eritib oling. Keyin uning ustiga piyoz va zaytun yog‘idan boshqa hamma narsani soling. Tuzlamani bir chetga surib turing.

Pulled bif uchun tuzlama

Endi qozonga yog‘ni quying. U qizigach xona haroratidagi go‘shtni soling. Go‘shtning hamma tomonini balandroq olovda qizartirib oling.

Pulled bif tayyorlash

Keyin ustiga sousni quying. Piyozni ham bo‘lib soling.

mol go'shti pishirish

Olovni pasaytiring. Qozonning qopqog‘ini yoping.

Mol go‘shtini 4-5 soat davomida past olovda pishiring. Ora-orada aralashtirib turing.

Pulled bif tayyorlash

Vaqt o‘tgach olovni o‘chiring. Go‘shtni ikkita vilka yordamida parchalab oling. Uni qozondagi sous bilan yaxshilab aralashtiring.

Pulled bif tayyorlash
Pulled bif

Pulled bif tayyor, uni dasturxonga torting. Odatda u sendvich sifatida tortiladi. Pulled bifni yana guruch yoki kous-kous bilan ham yeyish mumkin.

Pulled bif  va kus kus

E’tibor qiling:

Go‘sht qozonga tushishdan oldin, u albatta xona haroratida bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa go‘shtning ichi zich bo‘lib qoladi.

Pulled bif xolodilnikda juda yaxshi saqlanadi. Bir necha kundan so‘ng ham uning mazasi o‘zgarmaydi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda mo‘l go‘shtini butun holatda qozonda pishirishning boshqa usullarini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com