You are currently viewing Qizilchali salat – oson va sog‘lom retsept

Qizilchali salat – oson va sog‘lom retsept

Qizilchali bu salat tezda tayyor bo‘ladi. Mazasi ham o‘zgacha. Parxezdagilar, vegetarian va veganlar uchun ham mos keladigan retsept.

Kerakli mahsulotlar (2 portsiya uchun):

  • 2 -3 dona qizilcha (hajmiga qarab)
  • 1 dona nordon olma
  • 50 gr yong‘oq

Sousi uchun:

  • Yarimta limonning sharbati yoki sirka
  • 2 osh qoshiq zaytun (olivka) yoki kolza yog’i (рапсовое масло)
  • Tuz va murch

Qizilchani bug‘da yoki suvda pishirib oling. U sovigach po‘chog‘ini archib ingichka somoncha qilib to‘rg‘ang.

Qizilcha

Olmani ham po‘chog‘ini archib, somoncha qilib to‘rg‘ang.

olma

Yong‘oqni tovada hidi chiqquncha qizdiring va uni ham maydalab salatga soling.

Qizilchali salat

Endi limonning sharbati, yog‘ (men “рапсовое масло” ishlatdim), tuz va murchni bitta idishda aralashtirib oling. Sousni ham salatning ustiga quying.

sous

Hammasini bir aralashtiring. Qizilchali salat tayyor, uni dasturxonga torting. Xohishga qarab salatning ustiga yana yong‘oq sepish mumkin.

Qizilchali salat

E’tibor qiling:

Qizilcha suvda qaynatilsa suvga limoning sharbati yoki uksus qo‘shish kerak, shunda qizilchaning rangi yaxshi saqlanadi.

Yong‘oq qiziganda uning hidi va mazasi yana ham kuchayadi va bu salatning mazasini yaxshilaydi.

Grek yong‘og‘i va qizilcha bir-biriga yaxshi mos tushadi. Mana bu sog‘lom salatda ham bu moslik yaqqol bilinadi.

Yoqimli ishtaha!!!

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

recipe image
Qizilchali salat