Qor to‘pi pechenyelari (snowball cookies) tayyorlashga oson va mazasi ajoyib pechenye. Uni ayniqsa bolalar bilan tayyorlash maroqli bo‘ladi. Mazasi katta va kichikka birdek yoqadi. Qo‘r to‘pi pechenyelarining retsepti bilan tanishing..
Kerakli mahsulotlar (26 dona pechenye uchun):
- 280 gr un
- 200 gr maydalangan yong‘oq
- 250 gr margarin yoki sariyog‘
- 100 gr atrofida shakar kukuni
- 1 choy qoshiq vanillin
- Ozgina tuz
- 70 gr shakar
Hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.
Avval qor to‘pi pechenyelari uchun yong‘oqni tayyorlab oling. Buning uchun uni oldin tovada qizdiring. Keyin yong‘oqni blender yoki ‘chopperda’ maydalab oling.
Sariyog‘ va shakarni mikser yordamida ko‘pirtirib oling. Vanilinni qo‘shing.
Keyin uning ustiga unni ikkiga bo‘lib qo‘shing. Tuzni ham soling.
Endi yong‘oqni qo‘shing. Xamirni aralashtiring. Endi uning ustini o‘rab xolodilnikka bir soat yoki uzoqroqqa solib qo‘ying.
Vaqt o‘tgach qotigan xamirni olib, bir choy qoshiq miqdorida to‘pchalar yasang.
Qor to‘pchalarini listga tering. Ularni 180⁰Cda qizib turgan listda 13-14 minut davomida pishiring. Pishib chiqqan qor to‘pi pechenyelari tagi biroz qizargan bo‘ladi. Lekin usti qizarmaydi.
Ularni besh minut sovitib oling. Keyin iliqligida shakar kukuniga bulang.
Pechenyelar to‘la sovigach, ularni ikkinchi marta shakar kukuniga bulab oling. Keyin dasturxonga toring. Bu pechenyelar choy uchun juda mazali sherik bo‘ladi.
E’tibor qiling:
Bu pechenyelar usti yopiq idishda 5-6 kungacha saqlanadi.
Qor to‘pi pechenyelarini uzoq vaqt pishirib yubormang. Bo‘lmasa ular og’izda eriydigan bo‘lmaydi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda tayyorlashga oson yana boshqa mazali pechenyelarning retseptini topasiz. Masalan, qorli pechenyelar yoki yangi yil pechenyelari.
Veb sahifa: www.juvajon.com