You are currently viewing Qorli pechenyelar – Yangi yil bayrami uchun

Qorli pechenyelar – Yangi yil bayrami uchun

Qorli pechenyelar (crinkled chocolate cookies) an’anaviy qish bayrami pechenyelari hisoblanadi. Ular juda mazali bo‘lib, ta’mi brauni va shokoladli pechenyening orasida. Ularning ko‘rinishi erigan qorni eslatgani uchun, odatda bolalar bilan yangi yil bayrami atrofida tayyorlanadi. Qorli pechenyelarni tayyorlash juda oson va uni bolalar maroq bilan tayyorlashadi.

Kerakli mahsulotlar (16 ta pechenye uchun):

  • 70 gr sariyog‘ yoki margarin
  • 200 gr un
  • 100 gr kakao
  • 70 gr shakar
  • 1 choy qoshiq razrixlitel
  • 2 dona tuxum
  • 1 choy qoshiq vanillin
  • 2 osh qoshiq kofe damlamasi
  • Ozgina tuz
  • 50-70 gr shakar kukuni
Qorli pechenyelar uchun kerakli mahsulotlar

Qorli pechenyelar uchun xamir tayyorlash

Hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.

Sariyog‘ va shakarni mikser yordamida ko‘pirtirib oling.

Sariyog' va shakar aralashtirish

Keyin uning ustiga tuxumlarni bitta-bitta chaqib ko‘pirtirishda davom eting.

Alohida idishda hamma quruq mahsulotlarni aralashtirib oling.

Qorli pechenye tayyorlash

Endi sariyog‘li aralashmaning ustiga quruq mahsulotlarni ikkiga bo‘lib soling. Kofe damlamasi va vanillinni ham qo‘shing.

Qorli pechenyelar uchun xamir tayyor. Endi uning ustini o‘rab, kamida 3 soatga yoki kechasi bilan xolodilnikka solib qo‘ying.

Qorli pechenye uchun xamir

Qorli pechenyelarni pishirish

Vaqt o‘tgach xamir qotadi. Uni bir osh qoshiqdan olib, kaft bilan dumaloqlab oling.

Bolalar bilan pechenye tayyorlash

To‘pchalarni shakar kukuniga bulab oling. Ularni ikki marta shakar kukuniga bulang.

Keyin listga terib chiqing. Qorli pechenyelarni 175⁰Cda qizib turgan listda 12-13 minut davomida pishiring.

qorli pechenye tayyorlash jarayoni

Pishib chiqqan pechenyelarni biroz listda soviting, keyin to‘la sovitish uchun biror tekis joyga terib oling.

Men pechenyelarni setka ustida sovitaman. Pechenyelar to‘la sovigach, ularni dasturxonga torting.

Qorli pechenye

Qorli pechenyelar yangi yil sovg‘asi uchun ham juda mos tushadi.

E’tibor qiling:

Qorli pechenyelarning xamirini albatta xolodilnikda qotirib olish kerak. Bo‘lmasa ular duxovkada yoyilib ketishi mumkin.

Xamirni ortiqcha aralashtirib yubormang. Bo‘lmasa qorli pechenyelar qattiq bo‘lib pishadi.

Qorli pechenyelar usti yopiq idishda bir haftagacha yaxshi saqlanadi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda shokoladli brauni va shokoladli pechenye retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com