You are currently viewing Qozonda turkcha kabob

Qozonda turkcha kabob

Turkcha kabob juda yumshoq va so‘lli bo‘ladi. Hammaga birdek yoqadigan, ayniqsa yoshi ulug‘ odamlar va yosh bolalar uchun yeyishga juda qulay. Ramazon kunlarida kechki payt pishirib qo‘yilsa saharlikkacha mazasi o‘zgarmaydi.

Kerakli mahsulotlar (5 portsiya uchun):

  • 500 gr mol go‘shtining qiymasi
  • 1-2 dona piyoz (hajmiga qarab)
  • Yarimta bulg‘or qalampiri
  • 1 dona chesnok tishi
  • 50 gr atrofida non (buxanka non yaxshiroq bo‘ladi)
  • 1 dona tuxum
  • 80ml atrofida yog‘

Ziravorlar: zira, kashnich urug‘i, murch, paprika va tuz.

Bitta idishda go‘sht, uyitilgan non, qirg‘ichdan o‘tkazilgan piyoz, chesnok, bulg‘or qalampiri va ziravorlarni yaxshilab aralashtiring.

Turkcha kabob masalliqlari
Turkcha kabob qiymasi

Endi qiymadan kaboblar yasang. Men shu miqdordan 10 dona kabob qildim.

Turkcha kabobga shakl beramiz

Tuxumni bitta idishga chaqing va ozgina tuz solib, vilka yordamida aralashtirib oling. Endi bu tuxumning ustiga kaboblarni bitta-bitta solib oling.

Bu orada tovaga 60-70 ml yog‘ni quyib, qizdirib oling va kaboblarni siqqanicha solib, ikkala tomonini qizartirib oling. Qizargan kaboblarni tarelkaga olib qo‘ying. Shunday qilib hamma kaboblarni qizartirib oling.

Turkcha kabob pishirish

Endi qozonga 10ml yog‘ quying va qizigach, uning ustiga ikki dona yarim uzuk qilib to‘rg‘algan piyozni solib qo‘g‘iring.

Piyoz qo‘g‘irilgach ta’bga qarab ziravorlar soling. Men zira, kashnich urug‘i murch va tuz soldim.

Bularni ham bir aralashtirib, kaboblarni piyozning ustiga qo‘yib chiqing.

Turkcha kabob

Ustiga to‘sar-to‘smas qaynagan suv quying va olovni o‘rtacha qilib 35-40 minut davomida qopqog‘i yopiq holda pishiring.

Turkcha kabob turkcha pilaf yoki boshqa garnirlar bilan dasturxonga tortilishi mumkin.

E’tibor qiling:

Turkcha kabob xolodilnikda 1-2 kun saqlanishi mumkin.

Turkcha kabob
Turkcha kabob tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Blogdagi boshqa turk taomlari bilan ham albatta tanishing.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com