You are currently viewing Risotto – qo‘ziqorin va asparagusli risotto

Risotto – qo‘ziqorin va asparagusli risotto

Ko‘pchilik Italiya oshxonasini eslaganida xamirli taom hayoliga keladi. Bugungi retsept buni o‘zgartirishiga ishonchim komil. Risotto birinchi marta Italiyaning shimoliy qismida tayyorlangan. Hozirda risotto nafaqat butun Italiyaga balki dunyoning juda ko‘p joylariga yetib borgan. Risottonning turlari juda ko‘p. Uni go‘sht bilan yoki go‘shtsiz tayyorlash mumkin. Qo‘ziqorinli risotto uning eng keng tarqalgan turlaridan biri. Bu taom uchun guruchning kalta va kraxmali ko‘p turi mos tushadi. Xullas retsept bilan tanishing.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):

  • 350 gr guruch (men arbori turidan ishlatdim, bu italiya guruchi)
  • 200-300 gr qo‘ziqorin
  • 1 dona piyoz
  • 2 dona chesnok tishi
  • 5-6 dona asparagus (xohishga qarab)
  • 50 gr parmazan pishlog‘i
  • 1 osh qoshiq sariyog‘
  • Yarim bosh petrushka
  • 1 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • Yarimta limonning sharbati
  • 1 dona tovuq go‘shti ta’mli zaxira yoki tayyor bulyon
  • 3 qoshiq uzum sirkasi
  • Tuz va murch

Risotto uchun bulyon tayyorlash

Buning uchun tovuq  go‘shti ta’mli zaxirani 1 litr suv bilan qaynatib oling.  Agar asparagus qo‘shayotgan bo‘lsangiz uni ham maydalab shu suvga soling.

asparagus

Faqat oldin ildiz tomonini, keyin esa uchini qo‘shing. Chunki asparagusning ildizi pishishi uchun ko‘proq vaqt ketadi. Keyin olovni paslating (lekin o‘chirmang).

asparagusli bulyon

Risotto tayyorlash

Endi qozonga yoki kattaroq tovaga zaytun yog‘ini quying. Ustiga mayda to‘rg‘algan piyozni soling. Biroz qo‘g‘iring.

Piyoz qo'g'irish

Keyin tovaga lappaklangan qo‘ziqorin, sariyog‘ va maydalangan chesnokni soling. Hammasini qo‘g‘iring.

Piyoz qo'g'irish

Tovaga limonning sharbati, sirka, tuz va murch soling. Keyin tovadagi suyuqlik bug‘lanib ketgunicha kutib turing.

risotto tayyorlash

Endi yuvilgan risotto uchun guruchni tovaga soling. Guruchni qo‘g‘iring. Guruch tovaga yopisha boshlaganida issiq bulyondan bir cho‘mich olib quying.

arbori guruchi
arbori guruchi
arbori

Bu suv tortilib ketgach, yana bir cho‘mich qu‘ying.

risotto

Agar asparagus qo‘shgan bo‘lsangiz uni ham suv bilan birgalikda olib tovaga soling. Shunday qilib suyuqlikning hammasini oz-ozdan quying. Suyuqlik tugaganida guruch ham pishgan bo‘lishi kerak.

Bu jarayon o‘zbek oshxonasidagi shavla pishirishga biroz o‘xshab ketadi, faqat risotto uchun suv oz-ozdan quyiladi.  Kerak bo‘lsa tovaning qopqog‘ini yoping.

Guruch bir-biriga yopisha boshlaganda qirg‘ichdan o‘tkazilgan parmazan pishlog‘i va to’rg’algan petrushkani soling va aralashtiring.  Risottoning tuzini tekshiring. Endi olovni o‘chiring. Risottoga besh minut dam bering.

Vaqt o‘tgach tayyor risottoni dasturxonga torting. Risotto issiqligida yeyiladigan taom.

risotto

E’tibor qiling:

Risotto uchun suvni oz-ozdan quyish muhim. Suv doim issiq holatda quyilishi kerak. Bo‘lmasa guruch suvni yaxshi tortib olmaydi.

Odatda risotto uchun 1:3 nisbat suyuqlik ishlatiladi. Ya’ni 100 gr guruch uchun 300 ml suv kerak bo‘ladi. Lekin hamma guruchning suv tortishi xar xil bo‘ladi.

Bu risotto uchun tovuq go‘shtining lahm joyidan qo‘shish mumkin. Uni piyozdan oldin qo‘g‘irib olish kerak.

risotto

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda juda ko’p italyancha taomlarning retseptini topasiz. Masalan alla norma yoki spagetti karbonara.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com