Bu shaftoli pirog AQShdagi Britaniyadan ko‘chib kelgan aholi tomonidan tayyorlana boshlangan. Hozirda bu pirog Britaniya va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Shaftolining faslida tayyorlash uchun mazali va oson retsept.
Kerakli mahsulotlar (5-6 portsiya uchun):
- 800 gr shaftoli
- 120 gr shakar va yana ozgina ustiga sepish uchun
- 150 gr un
- 1 choy qoshiq razrixlitel
- Yarim choy qoshiq dolchin kukuni
- 150 gr margarin yoki sariyog‘
- 1 dona tuxum
- Ozgina tuz
- Muz-qaymoq (xohishga qarab)
Shaftolilarni tayyorlash
Buning uchun shaftolining po‘chog‘ini archib, danagini olib tashlaymiz. Shaftolini mayda qilib to‘rg‘ab olamiz. Keyin ularning ustiga 1 osh qoshiq shakar sepib biroz chetga surib qo‘yamiz.
Shaftoli pirog uchun xamirni tayyorlash
Idishda un, dolchin, tuz va shakarni aralashtirib olamiz.
Ularning ustiga margarinni solib aralashtiramiz. Ya’ni, “pesok” qilamiz.
Endi tuxumni chaqib yumshoq xamir qoramiz.
Shaftolini yog‘langan idishga terib chiqamiz. Ustiga xamirni qoshiq bilan bir tekis qilib solamiz.
Xamirning orasida oz-ozdan joy qoldiramiz.
Kobblerni 180°Cda qizib turgan duxovkada 35-40 minut davomida, yoki tilla rang bo‘lguncha pishiramiz.
Pishib chiqqan shaftoli pirogni biroz sovitamiz. Keyin iliqligida muz-qaymoq bilan dasturxonga tortamiz.
E’tibor qiling:
Kobbler sovuqligida ham mazali bo‘ladi. Lekin sovuq holatda muz-qaymoq qo‘shilmaydi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda boshqa mevali pishiriqlar va iliq dessertlarning retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com