You are currently viewing Shokoladli pechenye – Chocolate chip cookies

Shokoladli pechenye – Chocolate chip cookies

Shokoladli pechenye butun dunyoga mashhur. Ular birinchi marta 1938 yili Amerikalik oshpazlar Ruth Graves va Sue Bridies tomonidan yaratilgan. Bu pechenye og’izda eriydigan bo‘ladi. Ularni tayyorlashni va yeyishni bolajonlar juda yaxshi ko‘radi.

Kerakli mahsulotlar (30 ta pechenye uchun):

  • 150 gr margarin yoki sariyog‘
  • 300 gr un
  • 80 gr shakar (oddiy)
  • 80 gr jigarrang shakar
  • 1-2 ta tuxum (hajmiga qarab)
  • 1 choy qoshiq ichimlik sodasi
  • Yarim choy qoshiq tuz
  • 1 choy qoshiq vanillin
  • 200 gr mayda shokoladlar (men mayda shokoladlar va katta shokoladni maydalab aralashtirdim)
  • 80 gr oq shokolad maydasi
  • Xohishga qarab 1 osh qoshiq kakao

Hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.

Shokoladli pechenye masalliqlari

Yumshoq sariyog‘ni shakar bilan mikser yoki qo‘l venchikda oppoq bo‘lgunicha aralashtirib oling.

Pechenye xamirini tayyorlash

Endi tuxumni solib yana aralashtirishda davom eting.

Mizer bilan aralashtiring

Elangan un, tuz va choy sodasini aralashtirib sariyog‘li aralashmaga qo‘shing va qoshiq bilan biroz aralashtiring.

Un elang

Biz shu joyida xamirni ikkiga bo‘lib oldik va xamirning bir qismiga sutli shokolad maydasini aralashtridik. Ikkinchi qismiga esa 1 osh qoshiq kakao va oq shokolad maydasini qo‘shdik.

Shokoladli pechenye xamirini qoring

Xamir tayyor.

Shokoladli pechenye 2 xil rangda

Endi buni fergament qog‘ozi solingan listga bir choy qoshiqdan solib chiqing, orasida albatta joy qoldiring. Chunki xamir pishayotganda yoyiladi.

Shokoladli pechenye oq

Pechenyelarni 180°Cda 8-10 minut duxovkaning eng pastki yoki eng tepadagi qavatiga solib pishiring.

Shokoladli pechenye qora

Shokoladli pechenye pishib chiqqach ularni sovitish uchun qoldiring.

Shokoladli pechenyelar tayyor

Pechenyelar sovigach, ularni dasturxonga torting. Shokoladli pechenye sut bilan yeyishga juda mos tushadi.

E’tibor qiling:

Pechenyelarga ko‘p un qo‘shib yubormang, bo‘lmasa ular qattiq bo‘lib qoladi.

Xamirni uzoq aralashtirmang, bo‘lmasa pechenyelar zich bo‘lib qoladi.

Tayyor xamirni xolodilnikka yoki muzlatgichga solib qo‘yib keyinroq pishirsa ham bo‘ladi.

Mayda shokoladlar o‘rniga mayda yong‘oqlar ham ishlatsa bo‘ladi.

Katta shokoladni bo‘lib qo‘shilsa kukilarning orasida katta-katta shokoladli joylar paydo bo‘ladi va bu ularning mazasini yana ham yaxshilaydi.

Yoqimli ishtaha!!!

Boshqa pishiriq retseptlarini ham mana bu yerda albatta ko’ring. Masalan Shokoladli Braunilar ham g’arb mamlakatlarida keng tarqalgan pechenye kabi pishiriq.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com