Odatda bunday usulda bezalgan shokoladli qulupnay kafe va restoranlarda topiladi. Lekin bularni uy sharoitida tayyorlash ham juda oson.
Kerakli mahsulotlar:
- 10 dona qulupnay
- 100gr shokolad (sutli yoki qora)
- 15 gr oq shokolad yoki maydalangan yong‘oqlar (xohlasangiz)
- 0.5 choy qoshiq hidsiz o‘simlik yog‘I, masalan kungaboqar yog‘i
Avvalo qulupnaylarni iloji boricha bir xillarini tanlab olib, yuvib, yaxshilab quritamiz.
Endi qozonchaga suv quyib, uning ustiga idish qo‘yamiz (rasmga qarang). Endi olovni yoqib, tepadagi idishga maydalangan shokoladlarni va yog‘ni solamiz.
Tinmay aralshtirib turamiz. Qaynayotgan suv shokolad solingan idishga tegmasligi va qattiq qaynamasligi kerak.
Shokolad bir zumda eriydi. Endi shokolad solingan idishni issiqdan olib, yana bir aralshtirib, tayyorlangan qulupnaylarni birma-bir unga botirib chiqamiz.
Shokoladga botirilgan qulupnaylarni fergament qog‘oz solingan idishga terib chiqamiz.
Endi xohishga qarab, eritilgan oq shokolad yoki maydalangan yong‘oqlar sepib chiqamiz. Men ozgina oq shokolad eritib, vilka bilan oqizib chiqdim. Agar bu oq chiziqlar tekkiz bo‘lishini xohlasangiz konditir qopchasi yordamida quying.
Shokoladli qulupnay tayyor. Ularni 5 minut sovutib, keyin 10-15 minutga holodilnikka solib qo‘ying.
Endi ulardan bahramand bo‘ling. Bunday qulupnaylar tortlarni bezashda ham qo’l keladi.
E’tibor qiling:
Shokolad eritilayotganda tez kuyishi mumkin, shuning uchun ehtiyot bo‘ling.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogdagi boshqa qulupnayli retseptlarni mana bu yerda topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com