Sloppi Joe AQSHda XX asrning boshlarida yaratilgan. Bu taomni tayyorlash juda oson. Agar siz ‘Двое: Я и моя тень’ kinosini ko‘rgan bo‘lsangiz bu taomni darrov taniysiz.
Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):
- 1 dona piyoz
- 1 dona bulg‘or qalampiri
- 500 gr mol go‘shtining qiymasi
- 1 choy qoshiq shakar
- 1 osh qoshiq Worcester sousi (Вустерский соус)
- 2 osh qoshiq ketchup
- 1 choy qoshiq xantal (горчица)
- 2 dona chesnok tishi
- 1 osh qoshiq tomat
- Tuz va murch
- 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
- 4 dona burger nonlari
Tovaga yog‘ni quying va ustiga qiymani soling. Go‘shtning suvi chiqib, tortilguncha o‘rtacha olovda qo‘g‘iring.
Keyin ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan piyoz, chesnok va bulg‘or qalampirini qo‘shing.
Keyin shakar, ketchup, tomat, vuster sousi, tuz va murchni qo‘shing.
Hammasini aralashtirib qiymaga 100 ml suv quying.
Yana pishirishda davom eting.
Suvning hammasi tortilgach, sloppi joe tayyor bo‘ladi.
Endi sloppi joeni biroz qizartirilgan burger nonlarning o‘rtasiga solib dasturxonga torting. Odatda sloppi joe chips bilan birgalikda yeyiladi.
E’tibor qiling:
Bu taomni oldindan pishirib qo‘yish mumkin.
Worcester sousi yo‘q bo‘lsa, o’rniga ozgina soya sousi qo‘shish mumkin. Chunki ikkala sous ham umami ta‘mini beradi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa mol go’shtining qiymasdidan tayyorlanadigan taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, “haqiqiy burger” yoki bif chili.
Veb sahifa: www.juvajon.com