You are currently viewing Smuzi yoki Smoothie (4 xil turi)

Smuzi yoki Smoothie (4 xil turi)

Smuzi deb mevalar va sabzavotlardan tayyorlangan ichimlikka aytiladi. Smuzining suyuq qismi sut, sharbat yoki suvdan bo‘ladi. Smuzi vitamin va minerallarga to‘la. Quyida smuzining 4 xil turining retseptini  bo‘lishaman. Ular nonushta o‘rnini bosa oladi. Smuzi oxirgi 10 yil ichida juda keng tarqalgan taomlardan hisoblanadi.

smuzi uchun kerakli mahsulotlar

Birinchi turi

  • 60 ml olma sharbati, yarimta bodring, yarimta avokado, bir hovuch ismaloq, 60 ml qatiq yoki yogurt.
smuzi tayyorlash

Ikkinchi turi

  • 50 gr suli, 60 ml ananas sharbati, yarimta banan (muzlatilgan yoki yangi turi), 50 gr atrofida ananas va 60 ml qatiq yoki yogurt
smuzi tayyorlash

Uchinchi turi

  • 100 gr atrofida har xil muzlatilgan rezavor mevalar, 60 ml sut, 60 ml qatiq yoki yogurt

To‘rtinchi turi

  • 60 ml apelsin sharbati, yarimta qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi, 1 dona apelsin yoki mandarin, yarimta olma, 60 ml qatiq yoki yogurt
smuzi tayyorlash

Hamma mahsulotlarni blenderga soling va aralashtiring. Smuzi tayyor.

Ta‘bga qarab asal ham solish mumkin.

E’tibor qiling:

Smuzini boshqa mevalar va sabzavotlardan ham tayyorlash mumkin.

Sport bilan shug‘ullanuvchilar smuziga oqsil qurug‘idan ham solishi mumkin.

smuzi

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana bir mazali nonushta – parfaitning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com