Bu taom (Spaghetti carbonara) birinchi marta Rim shahrida tayyorlangan va tez orada italiyaliklar, keyinchalik esa barcha yevropaliklarning sevimli taomiga aylangan. Spagetti karbonara vaqt tig‘izligida juda qo‘l keladigan retsept.
Kerakli mahsulotlar (5 portsiya uchun):
- 500 gr spagetti
- 4-5 dona tuxum
- 100 gr Cheddar pishlog‘i (yo‘q bo‘lsa, ta’bingizga qarab boshqa turdagi pishloq)
- 50 gr Parmesan pishlog‘i (yo‘q bo‘lsa, boshqa turdagi qattiq pishloq)
- 1 dona piyoz
- Xohishga qarab kolbasa (men halol salyami kolbasasidan 70 gr ishlatdim)
- 1 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
- 1 osh qoshiq sut
- Tuz va murch
Katta idishga suv quyib qaynating. Qaynagach tuz va spagettini solib pishiring.
Spagetti pishib turguncha, tovaga yarim uzuk qilib to‘rg‘algan piyozni soling.
Piyoz yumshagunicha qo‘g‘iring. Endi uning ustiga to‘rg‘algan kolbasani soling.
Alohida idishda tuxum, sut, tuz va murchni aralahstirib oling.
Pishgan spagettining suvini to‘kib yuboring (2osh qoshiq spaghetti qaynagan suvdan saqlab qoling) va uni qayta yana o‘sha idishga soling. Olovni o‘chiring.
Uning ustiga piyozni, tuxumli aralashmani, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni va 2 osh qoshiq suvni soling. Tuxum spagettining issig‘ida pishadi (ya’ni tuxum solishdan oldin olov o‘chirilgan bo‘lishi kerak). Hammasini yaxshilab aralashtiring.
Endi darrovda idishlarga solib dasturxonga torting. Parmazan pishlog‘idan (yoki boshqa pishloqdan) maydalab ustiga seping. Va nihoyat murch qo’shing.
E’tibor qiling:
Spagetti karbonara tayyor bo‘lishigayoq yeyiladigan taom.
Spagetti karbonara tayyorlashga kolbasaning o‘tkir hidligi yaxshi bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa tez tayyro bo’ladigan taomlarni mana bu yerda topasiz. Masalan, keyingi safar italyancha qiymali spagetti tayyorlab ko’ring.
Veb sahifa: www.juvajon.com