You are currently viewing Suli kekslari – nonushta uchun sog‘lom taom

Suli kekslari – nonushta uchun sog‘lom taom

G‘arbda “oat muffins” deb nomlanadigan suli kekslari, nonushta yoki tamaddi uchun juda qulaydir. Bu maffinlar ham foydali, ham bir zumda tayyor bo‘ladigan pishiriq. Dam olish kuni tayyorlab qo‘yilsa xolodilnikda juda yaxshi saqlanadi. Nonushta qilishga vaqti yo‘qlar ishga va o‘qishga olib ketishi uchun ayni muddao.

Kerakli mahsulotlar (24 dona maffin uchun):

  • 300 gr suli (овсяная крупа)
  • 100 gr un
  • 4 dona yaxshi yetilgan banan
  • 4 dona tuxum
  • 550 ml qatiq, yoki smetana, yoki yogurt (har qanday turi)
  • 1 osh qoshiq razrixlitel
  • 40 ml asal
  • 100 gr mayiz
  • Ozgina tuz

Bananlarni archib, vilka bilan kesib oling.

Endi bitta idishda, suli, mayiz va tuzni aralashtiring.

Qatiq, tuxum, banan, asal va quruq mahsulotlarni bitta katta idishda aralashtirib oling.

Agar xamir qo‘yiq bo‘lib ketgan bo‘lsa ozgina sut yoki qatiq qo‘shing. Suyuq bo‘lib ketgan bo‘lsa sulidan soling.

Endi mayda yog‘ surkalgan yoki qog‘oz solingan qolipchalarga solib 180°C da 35 minut pishirib oling. Men har bir qolipchaga 70 mldan soldim.

Pishgan maffinlarni sovigach dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Suli kekslari turli tayyorlanishi mumkin. Mayizning o‘rniga boshqa qurigan mevalar ham solsa bo‘ladi.

Asalni ta’bga qarab soling. Asalning o‘rniga shakar solish ham mumkin.

Bananlar qanchalik pishib yetilgan bo‘lsa ularning shirasi shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Bu maffinlarga oqsil (protein) kukunidan ham qo‘shsa bo‘ladi. Bu sport bilan shug‘ullanishdan oldin juda yaxshi tamaddi bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Endi tushlikka mos keladigan asosiy taomlar retseptlari bilan ham tanishing!

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com