You are currently viewing Suli pechenyelar (Овсяные печенья)

Suli pechenyelar (Овсяные печенья)

Suli pechenye AQSHdagi eng ko‘p tarqalgan pechenye hisoblanadi. Bu pechenyelarga shotlandlar tomonidan tayyorlanadigan pishiriq asos bo‘lgan. Hozirda suli pechenyelar butun dunyoda tayyorlanadi va sevib iste’mol qilinadi. Oson va mazali retsept.

Kerakli mahsulotlar (22-25 dona pecheyelar uchun):

  • 200 gr atrofida un
  • 250 gr sariyog‘ yoki margarin
  • 240 gr suli
  • 1 choy qoshiqdan – dolchin maydasi va ichimlik sodasi
  • Bir chimdim tuz
  • 2 dona tuxum
  • 100 gr oq shakar
  • Ozgina vanillin
  • 100 gr jigarrang shakar
  • Xohishga qarab mayda shokoladlar, mayiz, kokos maydasi va klyukva qoqi

Hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.

Suli pechenyelar (Овсяные печенья) uchun kerakli mahsulotlar

Idishda ikkala turdagi shakar va sariyog‘ni aralashtirib oling. Keyin ustiga tuxumlarni bitta-bitta chaqib ko‘pirtirishda davom eting.

Suli pechenyelar (Овсяные печенья) uchun kerakli mahsulotlar

Ichimlik sodasini uksus bilan eritib olib qo‘shing. Vanillinni ham qo‘shing.

Alohida idishda qolgan hamma mahsulotlarni aralashtirib oling.

Endi ularni sariyog‘li aralashmaga qo‘shing. Hammasini aralashtiring.

Suli pechenyelar (Овсяные печенья) tayyorlash

Suli pechenyelar uchun xamir tayyor. Uni listga bir osh qoshiqdan orasini ochib soling. Listga fergament qog‘ozi solish yoki yog‘lash shart emas,

Suli pechenyelar (Овсяные печенья) tayyorlash

Pechenyelarni 175⁰Cda qizib turgan duxovkada 12-14 minut atrofida pishiring. Pishgan pechenyelar och tilla rang ko‘rinishida bo‘ladi. Keyin ularni to‘la sovitib, dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Sulili pechenyelar usti zich yopiq idishda 7-10 kungacha yaxshi saqlandi.

Suli pechenyelar (Овсяные печенья)

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali pechenyelarning retseptini ham topasiz. Masalan, shokoladli pechenye, qor to‘pi pechenyelari yoki qorli pechenyelar.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com