You are currently viewing Sulidan batonlar – Oat bars

Sulidan batonlar – Oat bars

Bu batonlarni tayyorlash juda oson. Sulidan batonlar nonushta yoki tamaddi uchun juda mos tushadi. Batonlarni osongina o‘rab olib ketish mumkin. Ertalabda band odamlar uchun ham juda qo‘l keladi.

Kerakli mahsulotlar (28x28smli qolip uchun):

  • 300 gr suli
  • 3 osh qoshiq un
  • 50 gr margarin yoki sariyog‘
  • 50 gr kokos yog‘i (yo‘q bo‘lsa sariyog‘ yoki margarin)
  • 70-80 gr shakar (men oq va jigarrang shakarni aralashtirdim)
  • Yarim choy qoshiq razrixlitel
  • Choy qoshiq uchida tuz

Sulidan batonlar uchun murabbo:

  • 200 gr rezavor mevalar, masalan, qulupnay, malina
  • 30-40 gr shakar (ta’bga qarab)
  • Yarimta limonning sharbati
  • 1 choy qoshiq makkajo‘xori kraxmali (yo‘q bo‘lsa 1 os qoshiq un)
  • Ozgina vanilin

Sulidan batonlar uchun xamir tayyorlash

Idishda suli, un, tuz va shakarni aralashtirib oling.

Sulidan batonlar tayyorlashash

Ustiga eritiligan yog‘ni quying va yaxshilab aralashtiring.

Sulidan batonlar tayyorlashash

Endi buninig 2/3 (uchdan ikki) qismini fergament qog‘ozi solingan 28×28 smli qolipga soling va yaxshilab qo‘l bilan bosib chiqing. Chetlarini biroz baland qiling, rasmga qarang.

Sulidan batonlar tayyorlashash

Sulidan batonlar uchun murabbo tayyorlash

Endi mevalarni tayyorlab oling. Buning uchun qozonchaga mevalarni (men har xil rezavorlarni aralashtirdim), shakarni, limonning sharbati va vanilinni soling. O’rta olovda pishiring. Mevalardan oldin suv chiqadi, keyin esa quyiladi. Vaqti-vaqti bilan qoshiq bilan aralashtirib turing, tagiga olmasin. Yana mevalarning katta-kattasini qoshiq bilan ezib oling. Bu aralashma 10 minut atrofida tayyor bo‘ladi. Olovni o‘chiring.

Sulidan batonlar tayyorlashash

Murabboni listga quying va ustidan sulili aralashmaning qolgan qismini seping, qo‘l bilan ezmang.

Sulidan batonlar tayyorlashash
Sulidan batonlar tayyorlashash

Batonni 180°C da qizib turgan duxovkada 30 minut davomida pishiring.

Sulidan batonlar tayyorlashash

Pishgach birpas qolipda sovitib, keyin tashqariga chiqaring va to‘la sovitishga qo‘ying.

Endi sulidan batonlarni kesib dasturxonga torting.

Sulidan batonlar

E’tibor qiling:

Agar so‘lili xamir sizga biroz quruqqa o‘xshasa yana ozgina erigan sariyog‘ qo‘shing.

Sulidan batonlarni butunlay sovitib keyin kesing. Bo‘lmasa murabbosi oqib ketadi. Odatda men bu batonlarni nonushtaga bir kun oldin kechki payt tayyorlab qo‘yaman va ertalab kesaman.

Sulidan batonlar

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa nonushta uchun mazali taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, malina va yogurt pirogi, flapjack, sulidan sog‘lom pankeyklar.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com