Sutli kokteyl 1990 yillardan beri tayyorlanadi. Hozirda sutli kokteylning juda ko‘p turi uchraydi. Bugun oson va mazali tayyorlanadigan sutli kokteyl retseptini bo‘lishaman. Bu sutli kokteyl bolalarga va kattalarga juda yoqadi.
Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):
- 400 ml sut
- 4 osh qoshiq shokoladli Nesquick kukuni
- 4 osh qoshiq qulupnay ta’mli Nesquick kukuni
- 12 osh qoshiq muz-qaymoq
- 3-4 dona qulupnay (xohishga qarab)
Men sutli kokteylni ikki xil turini tayyorladim.
Shokoladli turi
Biroz xona haroratida qoldirilgan muz-qaymoqni, 200 ml sutni va 4 osh qoshiq shokoladli Nesquick kukunini blenderda aralashtiring. Tayyor sutli kokteylni idishlarga quyib dasturxonga torting.
Qulupnayli turi
Biroz xona haroratida qoldirilgan muz-qaymoqni, 200 ml sutni va 4 osh qoshiq qulupnayli Nesquick kukunini blenderda aralashtiring. Xohishga qarab qulupnay qo‘shish mumkin. Men qo‘shdim.
Bu sutli kokteylni ham stakanlarga quyib dasturxonga torting.
Kokteylarning ustiga ta’bga qarab ko‘pirtirilgan qaymoq solish mumkin. Men ham ozginadan qaymoq soldim. Qaymoq ko‘pirtirish retseptini mana bu yerdan topasiz.
E’tibor qiling:
Agar muz-qaymoq biroz eritilib olinmasa u sut bilan yaxshi aralashmaydi. Shuning uchun uni albatta biroz xona haroratida yumshatib olish kerak.
Sutli kokteylni boshqa ta’mlar bilan ham tayyorlash mumkin. Masalan, kofe, Oreo pechenyesi, malina va hokazo.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda uy sharoitida muz-qaymoq tayyorlash retseptini topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com