Tajin Marokashdan kelib chiqqan taomlardan biridir. U xalifa Horun-ar-Rashid zamonidan beri tayyorlanadi. Yillar davomida tajin marokashning belgisiga aylangan. Tajinning turlari juda ko‘p. Men bugun sizlar bilan uning sog‘lom va tayyorlashga oson turi bilan bo‘lishaman.
Kerakli mahsulotlar (5-6 portsiya uchun):
- 500 gr mol go‘shti
- 10-15 dona zaytun donalari
- 2 dona piyoz
- 5 dona chesnok tishi
- 2 dona pomidor ezmasi yoki shu miqdorda qozon shakarob
- 1 ta tuxum
- 3-4 dona sabzi
- 300 gr bulg‘ur
- 1 dona limonning zesti (qirg‘ichdan o‘tkazilgan po‘chog‘i)
- 2-3 osh qoshiq zaytun yog‘i
- 200 gr pishgan no‘xat
- 1 dona sabzavotlar uchun zaxira (masalan, Maggi kubiklari)
- Ziravorlar: zira kukuni, qalampir maydasi, tuz va murch (miqdori ta’bga qarab)
- Yarim bog‘ kashnich
Tajin uchun qiyma tayyorlash
Idishda go‘sht, tuxum, 2 dona ezilgan chesnok tishi va 1 dona qirg‘ichdan o‘tkazilgan piyozni soling. Ustiga ezilgan pomidor va ziravorlardan soling. Hammasini aralashtiring.
Qiymadan 24 dona to‘pchalar yasang.
Qozonga yog‘ni quying. Qizigach qiymalarni oz-ozdan solib qizartirib oling. Keyin ularni idishga qo‘yib turing.
Endi qozonga to‘rg‘algan piyozni va bo‘lingan sabzilarni soling. Ularni biroz qo‘g‘irib ustiga ziravorlar seping.
Keyin zaytun donalari, chesnokning qolgan qismi va ezilgan pomidorni soling. Limonning zestini ham qo‘shing. Hammasini bir-ikki qo‘g‘iring.
Endi ziravorlar zaxirasini 1litr suv bilan eritib oling. Bu eritmaning 350 mlni qozonga quying.
Qozondagi suv qaynagach, qiymalarni qozonga qayta soling.
Qozonning qopqog‘ini yopib, o‘rtacha olovda 25 minut atrofida pishiring. Oxirgi besh minut davomida, ustini ochib pishiring. Ungacha bulg‘urni tayyorlab oling.
Bulg‘urni tayyorlash
Qozonchaga yuvilgan bulg‘urni soling. Ustiga no‘xat va zira kukunidan soling. Endi ziravorlar zaxirasidan tayyorlangan eritmaning qolgan qismini quying.
Endi olovni yoqing. Bulg‘ur odatda 15 minut atrofida pishadi. Lekin qobiqdagi tayyorlash yo‘nalishiga qarang.
Tajinning ikkala qismi ham tayyor. Endi idishga pishgan bulg‘urni soling. Ustiga esa tajinni soling. Eng tepasiga to‘rg‘algan kashnichdan seping.
Tajin tayyor. Uni issiq holatda dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Odatda tajinga zaytunning kalamata turi ishlatiladi, lekin boshqa turini ham ishlatish mumkin.
Marokashda tajin sopol idishda tayyorlanadi, lekin qozonda ham tayyorlash mumkin. Bu uning mazasiga ta’sir etmaydi.
Bu turdagi tajinni kous-kous yoki guruch bilan ham dasturxonga tortish mumkin. Mana bu linkda kous-kousni qanday tayyorlash mumkinligini topasiz.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa Marokash taomlarining retseptini ham ko‘ring.
Veb sahifa: www.juvajon.com