You are currently viewing Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari

Vanillekipferl Germaniya, Avstriya va Polsha va ularning atroflaridagi davlatlarda keng tayyorlanadigan pechenyedir. Ayniqsa uni bayramlar atrofida ko‘p pishirishadi. Juda oson retsept bo‘lganligi uchun bolalar bilan tayyorlash uchun ham ayni muddao. Marhamat retsept bilan tanishing.

Kerakli mahsulotlar:

  • 400 gr un
  • 200 gr sariyog‘ yoki margarin
  • 150 gr shakar kukuni (100 gr xamiri uchun) 50 gr ustiga sepish uchun
  • 1 chimdim tuz
  • 1-2 pachka vanillin
  • 120 gr atrofida maydalangan bodom yoki boshqa yong‘oq maydasi

Eng avval yong’oqni iloji boricha maydalab oling (undek yoki shakar donasidek). Bu ish uchun ‘chopper’ yoki blenderdan foydalanish mumkin. Endi maydalagan yong‘oqni, un, tuz, vanillin va shakar kukuni bilan aralashtiring.

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari tayyorlash

Ularning ustiga sariyog‘ni soling. Hammasini aralashtiring. Men bu jarayonni mikser bilan amalga oshirdim.

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari tayyorlash

Xamir biroz shaklga kela boshlagach, uni stolning ustiga ontaring, qo‘l bilan bir-biriga yopishtirib uzunchoq shaklga olib keling. Xamirga ortiqcha ishlov berib yubormang. Tayyor xamirni o‘rab xolodilnikka kamida bir soatga solib qo‘ying.

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari tayyorlash

Vaqt o‘tgach xamirning ¼ ni kesib oling, qolgan qismini yana o‘rab xolodilnikka solib turing. Tashqarida qolgan xamirni, qo‘l yordamida uzunchoq shaklga olib keling.

Keyin uni teng qismlarga bo‘lib oling. Men 6 taga bo‘ldim. Necha  qismga bo‘lish pechenyelarni qancha katta qilmoqchi ekanligingizga bog‘liq. Muhimi hamma pechenyelar bir xil kattalikda bo‘lishi kerak, shunda bir xil vaqt ishida pishadi.

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari tayyorlash

Bitta xamirchani olib uni ham sal uzunchoq shaklga olib keling. Keyin unga yarim oy shaklini bering. Listga tering. Xamirning hammasini shu yo‘l bilan yarim oy shakliga olib keling.

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari tayyorlash

Vanillekipferelni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 15 minut davomida pishiring.

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari tayyorlash

Pishib chiqqan vanille ustiga issiqligida shakar kukuniga quruq vanillin aralashtirib seping. Vanillekipferil tayyor ular sovigach dasturxonga torting.

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari tayyorlash

E‘tibor qiling:

Vanillekipferl uchun tuxum ishlatilmaydi.

Xamir doim sovuq holatda bo‘lishi kerak.

Vanillkipferl odatda mayda bo‘ladi.

U havo o‘tmaydigan idishda uch haftagacha saqlanadi.

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali pechenyelarning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com