Yashil loviya bunday pishirilganda uning vitaminlari saqlab qolinadi. Muximi mazasi juda yoqimli bo‘ladi. Hatto bolalarga ham yoqadi. Juda foydali garnir.
Kerakli mahsulotlar:
- 500gr yangi loviya
- 1 dona chesnok tishi
- Yarimta lemonning sharbati
- 1 osh qoshiq zaytun yog‘i
- Tuz va murch
Tovani qizdirib, unga zaytun yog‘ini quying.
Endi yuvilgan va quritilgan loviyani solib, yengil qo‘g‘iring.
Loviya biroz yumshagach, unga maydalangan chesnok, tuz va murchni solib pishirishda davom eting.
Pishishiga 1-2 minut qolganda limonning sharbatini ham quying va aralashtiring.
Endi pishgan loviyani biror taomga garnir sifatida dasturxonga torting. Men qozonda pishirilgan mo‘l go‘shti bilan birgalikda qo‘ydim.
E’tibot qiling:
Loviya tezroq yumshashi uchun, uni biroz qo‘g‘irgach, ozgina suv quyib, tovaning qopqog‘ini yopsa bo‘ladi. Lekin bu chesnokini solishdan oldin bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa loviyada dimlangan maza bo‘ladi,qo‘g‘irilgan emas.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda boshqa garnir retspetlari bilan ham tanishing. Masalan Pilaf gurichi.
Veb sahifa: www.juvajon.com