You are currently viewing Peri-Peri tovuq go‘shti – Nando‘s usuli

Peri-Peri tovuq go‘shti – Nando‘s usuli

Peri-peri usulda tayyorlangan tovuq go‘shti Portugaliya va Afrika oshxonasidan kelib chiqqan. Hozirda uni dunyoning ko‘p joylariga uchratish mumkin. Dunyoning 35 ta mamlakatida uchraydigan Nando’s restoranlari tovuq go‘shtini xuddi shu peri-peri usulida tayyorlaydi.

Kerakli mahsulotlar (1 dona katta tovuq uchun):

  • 1 dona tovuq
  • 1 dona bulg‘or qalampiri
  • 2 dona limonning sharbati
  • 70 ml uzum sirka
  • 3-4 dona chesnok tishi
  • Yarimta qalampir
  • Ozgina kekik (тимьян)
  • 1 choy qoshiq paprika
  • Ozgina oregano (agar bo‘lsa)
  • 1 choy qoshiq shakar
  • Tuz va murch

Peri-peri sousini tayyorlash

Buning uchun qozonchaga mayda to‘rg‘algan bulg‘or qalampiri, limonning sharbati, sirka, chesnok, qalampir, kekik, oregano, shakar va paprikani soling.

Peri-Peri sousi uchun mahsulotlar

Ustini yopib past olovda 5 minut qaynating.

Peri-Peri sousi uchun mahsulotlar

Keyin uni blenderga quyib bir xil massa qilib oling va bir chetga sovitish uchun surib qo‘ying.

Peri-Peri sousi uchun mahsulotlar

Tovuqni  go‘shtini tuzlash

Tovuqni olib o‘rtasidan bo‘ling va ortiqcha yog‘larini kesib tashlang. Endi peri-peri saousini tovuqning ustiga quying va yaxshilab hamma joyiga surkab chiqing.

Tovuqni  go‘shtini tuzlash

Tovuqning ustini o‘rab kamida 3-4 soat yoki kechasi bilan xolodilnikda qoldiring.

Ma’lum vaqt o‘tgach go‘shtini yana xona haroratiga keltiring. Bu tovuqni tashqarida grilda yoki 200°Cda qizib turgan duxovkada 40 minut davomida pishiring. Tashqarida pishirilsa go‘shtining ustini folga qog‘ozi yoki grilning qopqog‘i bilan yopish kerak

grillda tovuq
Duxovkada peri-peri usulda tovuq go'shti tayyorlash

Tovuq pishgach uni issiqligida salat yoki kartoshka bilan dasturxonga torting.

peri peri tovuq
peri peri tovuq

E’tibor qiling:

Peri-pei sousi odatda achchiq bo‘ladi. Xohlasangiz qalampir miqdorini ochiring.

Pishirishdan oldin go‘shtni albatta xona haroratiga keltirib oling. Bo‘lmasa go‘sht qattiq bo‘lib qoladi.

peri peri tovuq

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda tovuq go‘shtini yana boshqa usullarda ham tayyorlashning retsepti bor. Yana KFC usulida tovuq go‘shtini qo‘g‘irish retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com