Roast bif (Roast beef) an’anaviy ingliz taomi hisoblanadi. U odatda yakshanba kunli tushlik uchun tayyorlanadi. Roast bif tayyorlash juda oson bo‘lib, oz mehnat talab etadi. Hozirda bu taom AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya va Avstraliyada keng tarqalgan. Yana bir mazali va sog‘lom retsept.
Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):
- 1.5 kg mol go‘shtining bo‘g‘im qismi
- 2-3 dona sabzi
- 2 dona piyoz
- 2-3 dona seldr
- Ozgina rozmarin
- 2 dona lavr bargi
- 3-4 dona chesnok tishi
- Ozgina kekik (тимьян)
- 1 osh qoshiq zaytun yog‘i
- Tuz va murch
Tayyorlash
Avval go‘shtni xona haroratida 30-60 minut atrofida qoldiring (havo haroratiga qarab). Endi go‘shtning ustiga tuz va murch surkang.
Tovaga zaytun yog‘ini quying va qizigach ustiga go‘shtini soling.
Go‘shtning hamma tomonini baland olovda qizartirib oling.
Roast bif pishirish
Endi o‘sha tovaga archilgan sabzavotlarni soling va ularni ham biroz qizdrib oling (qizartirish shart emas).
Endi listning ustiga sabzavotlarni soling. So‘ng ustiga kekik va rozmarinni soling.
Ularning ustiga go‘shtni qo‘ying.
Duxovkani oldin 240°Cga qizdirib oling, keyin uni 200°Cga pastlatib go‘shtni soling.
Go‘shtni 1 soat davomida pishiring. Endi pishgan go‘shtni duxovkadan olib, ustini o‘rab 10-15 minut tindiring.
Roast bif tingach uni sabzavotlar bilan dasturxonga torting. Odatda bu taomning yoniga kartoshka va Yorkshire puddingi qo‘yiladi. Yorkshire puddingining retseptini mana bu linkda topishingiz mumkin.
E’tibor qiling:
Go‘sht olovga qo‘yilishidan oldin albatta xona haroratida bo‘lishi kerak.
Agar go‘shtning ichi ochroq pishishini xohlasangiz uni 10 minut ozroq pishiring. Aksincha xohlasangiz 10 minut uzoqroq pishirng.
Pishgan go‘shtni tindirish uning suvini saqlab qolishga yordam beradi.
Pishgan go‘shtning ortganini sendvich uchun ishlatsa ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda mol go‘shtini yana boshqa usullarda pishirsh retseptlarini ham topasiz. Masalan, qozonda pishgan mol go‘shti yoki pulled bif.
Veb sahifa: www.juvajon.com