You are currently viewing Lag‘mon uchun qayla tayyorlash

Lag‘mon uchun qayla tayyorlash

Lag‘mon uchun qaylani har xil usulda tayyorlash mumkin. Men bugun sizlarni men o’zim ko’p tayyorlaydigan lag‘mon uchun qayla retsepti bilan tanishtiraman.

Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):

  • 500 gr mol yoki qo‘y go‘shti
  • 2 dona piyoz
  • 200 gr selder
  • 1-2 dona bulg‘or qalampiri
  • 300 gr yangi loviya
  • 1 dona baqlajon
  • 2 dona pomidor (men tayyor kesilgan pomidordan foydalandim)
  • 4-5 ta chesnok tishi (ta’bga qarab)
  • Yarimta xitoy karami (qattiq joyi, uchi kerak emas)
  • 200 gr jandiq
  • 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • Ziravorlar: tuz, murch, kashnich urug‘i, zira va soya sousi

Hamma sabzavotlarni 2x3sm atrofida to‘rtburchak shaklida kesib oling. Go‘shtni 1sm qalinlikda uzunchoq qilib to‘rg‘ab oling.

Lag‘mon uchun qayla kerakli mahsulotlar

Endi tovaga yog‘ni quying. Yog‘ qizigach, unga go‘shtni soling. Darrovda aralashtirish kerak emas. 1 minutcha qoldiring. Endi go‘shtni bir qo‘g‘iring va ustiga maydalangan chesnok va ziravorlarni qo‘shing.

Qo‘g‘irilgan go‘shtining ustiga piyoz va pomidorni soling. Ularni ham baland olovda qo‘g‘iring.

Lag‘mon uchun qayla tayyorlash

Endi karamdan tashqari hamma mahsulotlarni qozonga soling. Ularni ham biroz qo‘g‘iring.

Lag‘mon uchun qayla tayyorlash

Eng oxirida karamni soling.

Qozonga 400- 500 ml atrofida qaynagan suv quying. Soya sousini qo‘shing. Endi qaylani 15 minut atrofida o‘rtacha olovda qaynating.

Lag‘mon uchun qayla tayyorlash

Lag‘mon uchun qayla tayyor, uni darrovda xamir bilan birgalikda dasturxonga torting.

Blogda lag‘mon uchun xamir tayyorlashning retseptini ham topasiz.

Lag‘mon uchun qayla

E’tibor qiling:

Qaylani uzoq pishirib yubormang. Bu usulda tayyorlanadigan qaylada sabzavotlar ortiqcha pishib ketmasligi kerak.

Lag‘mon uchun qayla

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali taomlarning retseptlari ham bor.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com