You are currently viewing Bananli pudding – Bananli dessert

Bananli pudding – Bananli dessert

Bananli pudding AQSHda eng ko‘p tarqalgan dessertlardan biridir. U tayyorlashga juda oson, hamda mazali dessertdir. Bananli dessert har qanday dasturxonning ko‘rki bo‘lishiga ishonchim komil.

Kerakli mahsulotlar:

Zavarnoy (Custard) krem uchun:

  • 2 dona tuxum
  • 1.5 osh qoshiq un
  • 2 osh qoshiq kraxmal
  • Yarim choy qoshiq tuz
  • 200 gr shakar
  • 500 ml sut
  • 50 gr sariyog‘
  • 1 choy qoshiq vaniln

Bananli dessert uchun:

  • 3 dona banan
  • 250-300 gr uqalanadigan pechenye
  • 300 ml qaymoq
  • 3 osh qoshiq shakar kukuni
  • 1 choy qozshiq vanilin

Bananli pudding uchun zavrnoy krem tayyorlash

Qozonchada un, tuz, kraxmal va shakarni aralashtirib oling. Keyin uning ustiga tuxumlarni chaqing. Endi sutni oz-ozdan quying.

zavrnoy krem tayyorlash

Aralashmani past olovga qo‘ying. Tinmay quyulguncha aralashtiring. Aralashma quyilgach, uni olovdan oling. Ustiga vanilin va sariyog‘ni soling.

zavrnoy krem tayyorlash

Keyin zavarnoyni boshqa idishga quying va ustini yaxshilab sellofan bilan o‘rab qo‘ying. Sellofan kremning ustiga tegib tursin. Endi kremni sovitish uchun olib qo‘ying.

zavrnoy krem tayyorlash

Bananli dessertni tayyorlash

Buning uchun qaymoqni shakar kukuni va vanilin bilan ko‘pirtirib oling. Qaymoqni ko‘pirtirishni mana bu linkda to‘la tushuntirganman.

Pechenyelarni maydalab oling. Bananni ham diagonal yo‘nalishda kesib oling.

banan

Endi bananlarni zavarnoy krem bilan aralashtirib oling.

bananli pudding tayyorlash

Idishlarga zavarnoy krem va bananli aralashmadan soling.

bananli pudding tayyorlash

Keyin uning ustiga maydalangan pechenyelardan soling. Ustiga ko‘pirtirilgan qaymoqdan soling. Shu qavatlarni yana bir marta qaytaring.

bananli pudding

Bananli desert tayyor. Endi uni dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Zavarnoy kremni baland olovda qattiq qaynamaslik kerak. Bo‘lmasa u kuyib taxir bo‘lib qolishi mumkin.

Bu dessertning hamma narsasini alohida oldindan tayyorlab quyish mumkin. Keyin dasturxonga tortishdan oldin idishlarga solish kerak.

bananli pudding

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali bananli desertlarning retseptini ham topasiz. Masalan banoffee pirogi.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com