You are currently viewing Banoffee pirogi (Banoffee pie)

Banoffee pirogi (Banoffee pie)

Banoffee pirogi mashhur ingliz piroglaridan biri hisoblanadi. U ingliz oshpazlari Nigel Mckenzie va Ian Dowdinglar tomonidan 1971 yilda yaratilgan. O‘shandan beri  “Banoffee” so’zi ingliz tiliga kirib, banan va karamelning ta’mi yoki hidini keladigan har qanday ovqat yoki mahsulotni ta’riflash uchun ishlatila boshlangan. Bu retsept Nestle kompaniyasining quyultirilgan sut qadoqlarida ham chop etilgan.

Kerakli mahsulotlar (25sm pirog uchun):

  • 230 gr maydalanadigan pechenyelar
  • 150 gr sariyog‘
  • 400 gr quyultirilgan sutning karameli
  • 300 ml qaymoq
  • 3 dona banan
  • 2 osh qoshiq shakar kukuni
  • Ozgina shokolad (xohishga qarab)

Banoffe pirog uchun tub tayyorlash

Buning uchun pechenyelarni paketga solib maydalab oling.

Banoffe pirog uchun tub tayyorlash

Keyin ustiga eritilgan sariyog‘ni qo‘shing. Yaxshilab aralashtiring va qolipga soling.

Banoffe pirog uchun tub tayyorlash
Banoffe pirog uchun tub tayyorlash

Qoshiq bilan ezib chiqing (rasmga qarang).

Endi buni xolodilnikka kamida 1 soatga solib qo‘ying.

Vaqt o‘tgach karamelni oching va qoshiq bilan yaxshilab aralashtirib oling. Uni pirogning ustiga quying.

Banoffe pirog tayyorlash
Banoffe pirogi tayyorlash

Ustiga kesilgan bananlarni terib chiqing. Yana xolodilnikka  ozgina vaqtga solib qo‘ying.

Banoffe pirogi tayyorlash

Banoffee pirogni xolodilnikdan oling va ustiga ko‘pirtirilgan qaymoqni surkang. Qaymoqni ko‘pirtirishning to‘la retseptini bu linkda topasiz.

Ko'pirtrilgan qaymoq
Banoffe pirogi

Endi banoffee pirogining ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan shokolad seping.

Banoffee pirogi tayyor uni dasturxonga torting.

Banoffe pirogi

E’tibor qiling:

Men bu pirogni tayyor karameldan tayyorladim. Lekin karamelni quyultirilgan sutni qaynatib ham tayyorlash mumkin.

Banoffe pirogi

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa ajoyib inglizcha desseretlarning retseptini ham topasiz. Masalan, viktoriya torti yoki sabzili tort.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com