Bu tortning namligi juda ajoyib va ta’mi yengil. Bu sutli tort topishga oson mahsulotlardan tayyorlanadi va oz mehnat talab qiladi.
Kerakli mahsulotlar (28×27 smli tort uchun):
Xamiriga
- 100 gr shakar
- 2 ta tuxum
- 100 gr o‘simlik yog‘i
- 100 gr sut + yana 250 ml ustiga quyish uchun
- 200 gr un
- 50 gr kakao
- 1 choy qoshiq to‘la razrixlitel
Kremi uchun
- 600 ml sut
- 3 osh qoshiq un
- 1 osh qoshiq kraxmal (yo‘q bo‘lsa un)
- 4 osh qoshiq shakar
- 15-200 ml qaymoq
- Ozgina vanilin
- Ozgina tuz
- 3 osh qoshiq kakao (ustiga sepish uchun)
Avvalo kremni tayyorlab olamiz. Buning uchun kraxmal, un, tuz va shakarni qozonchada aralashtiramiz.
Endi sutni oz-ozdan quyib, yaxshilab aralashtiramiz. Bu aralashmani o‘rtacha olovda qo‘yiltirib olamiz. Tinmay aralashtirib turing.
Krem qo‘yilgach, olovni o‘chiramiz. Vanilin va qaymoqni qo‘shib aralashtirgach, bir chetga sovitish uchun surib qo‘yamiz.
Xamir tayyorlashga o‘tamiz. Bitta idishda tuxum va shakarni mikser yordamida biroz ko‘pirtirib olamiz.
Endi yog‘ va sutni quyib yana biroz ko‘pirtiramiz.
Elangan un, kakao va razrixlitelni qo‘shib yana mikser bilan bir ikki aralashtirib olamiz.
Endi yog‘langan idishiga (28×27 smlik) xamirni quyib, uni 180C°da qizib turgan duxovkada 25 minut pishiramiz.
Pishganini domidek gugurt cho‘pi bilan tekshirib olamiz.
Endi biroz sovigan lekin hali issiq keksga 250 ml xona haroratidagi sutni bir tekisda quyamiz. Keks sutni birpasda tortib oladi.
Kremni blender bilan aralashtirib olsak, u yana ham silliq bo‘lib qoladi.
Endi bu kremni keksning ustiga quyamiz (krem sovuq bo‘lishi shart emas, iliq bo‘lsa ham bo‘laveradi).
Oxirida kakao sepib chiqamiz.
Sutli tort 3-4 soat xolodilnikda saqlanib, keyin dasturxonga tortiladi.
E’tibor qiling:
Odatda ustiga kakao sepiladi, lekin kakaoni yoqtirmaydiganlar maydalangan yong‘oqlar yoki kokos maydasi sepishi mumkin.
Blender yo‘q bo‘lsa, kremni mikser yoki venchik bilan aralashtiring.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda juda ko’p dessertlar retseptlari bor. Masalan Rulet retseptini ko’ring.
Veb sahifa: www.juvajon.com