You are currently viewing Ko‘rma – iftorlik uchun maxsus retsept

Ko‘rma – iftorlik uchun maxsus retsept

Ko‘rma qo‘y go‘shtining qiymasi va yashil no‘xatdan tayyorlanadigan ovqat bo‘lib, hind oshxonasining mashhur vakilidir. Bu taom ayniqsa Ramazon oyida musulmon hind va pakistonlik oilalar orasida ko‘p tayyorlanadi.

Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):

  • 500 gr qo‘y go‘shtining qiymasi
  • 2 dona piyoz
  • 2-3 dona pomidor
  • 1 bosh kashnich
  • 200-300 gr yashil no‘xat (muzlatilgan yoki konserva bankasidagi)
  • 1 osh qoshiq saryog‘ yoki o‘simlik yog‘i
  • 1 dona chesnok tishi
  • 10 gr zanjabil (имбирь)

Ziravorlar (hammasi mayda bo‘lishi kerak): kachnish urug‘, zira, murch, kukurma, paprika, qalampir-munchoq, zanjabil va ozgina qalampir (achchiqroq xohlaganlar ko‘proq qo‘shsa bo‘ladi).

Qozonchaga yog‘ni soling.

Uni qizitib ustiga mayda kubik qilib to‘rg‘algan piyoz, ezilgan chesnok va zanjabilni soling.

Ularni bir-ikki aralshtirib, ustiga ziravorlarni soling va qo‘g‘rishni davom eting.

Ko‘rma masalliqlari

Piyoz och tilla rang bo‘lgach, go‘shtini solib qo‘g‘iring.

Keyin mayda to‘rg‘algan pomidorlarni qo‘shing va 100 ml suv quying.

Ko‘rma pishiramiz

Bularni ham biroz qo‘g‘irib, yashil no‘xatlarni soling.

Hammasini bir aralshtirib, olovni sal pasaytiring va ustini yopib 20 minutcha pishiring.

Ora-orada aralashtirib turing va to‘rg‘algan kashnichning yarmini qo‘shing.

Ko‘rma tayyor

Endi ovqatni idishga solib, ustiga qolgan kashnichdan seping va issiqligida dasturxonga torting.

Ko‘rma odatda naan, guruch va qatiq bilan yeyiladi. Bizning blogda pilaf guruchi va naan retseptini topasiz.

E’tibor qiling:

Bu ovqat odatda achchiq bo‘ladi va qalampir ta’bga qarab solinadi.

Bu ovqat holodilnikda 2-3 kungacha yaxshi saqlanadi.

Ko‘rma naan bilan

Yoqimli ishtaha!!!

Blogdagi boshqa hindcha taomlar retseptlari bilan ham tanishing.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com