Malina va yogurt pirogi tayyorlashga juda oson, tezda tayyor bo‘ladigan pirog. U yoz oylari uchun juda mos keladi. Malina va yogurt pirogini nonishta yoki yengil dessert uchun tayyorlash mumkin.
Kerakli mahsulotlar (18x18smlik pirog uchun):
Xamiriga
- 125 gr un
- 100 gr suli
- 135 gr jigarrang shakar (yo‘q bo‘lsa oq shakar)
- Yarim choy qoshiq razrixlitel
- 1 gr tuz (kichkina qoshiq uchida)
- 115 gr margarin yoki sariyog‘
- Yarimta limon zesti
- Ozgina vanillin
Nachinkasi uchun:
- 450 gr grek yogurti (o‘rniga tvorog ishlatish mumkin)
- 2 choy qoshiq shakar (oq shakar)
- 2 choy qoshiq kraxmal
- 300 gr muzlatilgan yoki yangi malina
- 1 osh qoshiq kokos maydasi (xohishga qarab)
Idishda hamma quruq mahsulotlarni aralashtirib oling.
Ularning ustiga yumshoq sariyog‘ni qo‘shing. Hammasini aralashtirib oling.
Yogurt, shakar va kraxmalni alohida idishda aralashtirib oling.
Endi sulidan tayyorlangan aralashmaning teng yarmini qolipga soling. Uni qo‘li bilan bir tekis yoyib oling va ustini qo‘l bilan bosib chiqing.
Endi unining ustiga yogurtli aralashmani quying. Keyin uning ustiga malinani tering.
Ularning ustiga sulili aralashmaning qolgan qismini seping.
Malina va yogurt pirogni 175⁰C da qizib turgan duxovkada 30 minut atrofida pishiring. Pishib chiqqach xohishga qarab ustiga kokos maydasidan sepish mumkin.
Malina va yogurt pirogini to‘la sovitib keyin qolipdan chiqaring. Mayda kvadratlarga bo‘lib dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Malina va yogurt pirogni albatta sovitib keyin kesish muhim. Bo‘lmasa u tekis kesilmaydi.
Limon zesti malinaning ta’mini yana ham yaxshilaydi.
Bu pirog uchun yogurt o‘rniga tvorog ham ishlatish mumkin. Lekin tvorogni yaxshilab blender bilan aralashtirib olish kerak.
Malina va yogurt pirogi usti yopiq holatda, xolodilnikda yaxshi saqlanadi.
Qolipga fergamant qog‘ozi solinsa, pirogni undan chiqarish oson bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda sulidan tayyorlanadigan juda ko‘p pishiriqlarning retseptin ham topasiz. Masalan, flapjack, sulili keks yoki sulidan sog‘lom pankeyklar.
Veb sahifa: www.juvajon.com