Ovsyankali pechen’ye tayyorlash uchun atigi uchta mahsulot va yarim soat vaqt kerak bo‘ladi. Ovsyankali pechen’yelar hammaga birdek foydalidir. U ayniqsa parhezdagilar, ozmoqchi bo‘lganlar va sport bilan shug‘ullanadiganlar uchun ajoyib nonushta.
Kerakli mahsulotlar (22 dona kukkilar uchun):
- 4 dona banan
- 400 gr suli (овсянka) iloji boricha maydasi
- 100 gr atrofida quruq mevalar aralashmasi yoki mayda shokoladlar
Bananlarni archib, vilka bilan yoki kartoshka ezadigan bilan ezib chiqamiz.
Endi unga suli va quritilgan mevalar yoki mayda shokoladlarni qo‘shib aralashtiramiz. Men ikki xilidan tayyorladim. Bir qismiga mayda shokoladlar, ikkinchi qismiga esa yong‘oqlar va mayiz soldim.
Endi bu aralashmani bir osh qoshiqdan olib, qo‘limiz bilan oldin dumaloq, keyin yapaloq shakl beramiz. Keyin ovsyankali pechen’yelarni fergament qog‘oz solingan yoki yengil yog‘langan listga terib 185-190C° da 20 minut pishiramiz.
So‘ngra 5 minut sovitib, dasturxonga sut yoki choy bilan tortamiz. Odatda 4 dona ovsyankali pechen‘ye bitta portsiya hisoblanadi.
E’tibor qiling:
Bananlar qancha yetilib pishgan bo‘lsa shuncha yaxshi, chunki yaxshi yetilgan bananda shakar ko‘proq bo‘ladi.
Men maydalangan suli ishlatdim, agar sizda sulining kattarog‘i bo‘lsa unda banan bilan aralashtirib bo‘lgach 3-4 minut dam oldiring, suli yumshashi uchun. Yoki sulini maydalab oling.
Agar ovsyankali pechenyelarda shakar mazasi ko‘proq bo‘lishini xohlasangiz ozgina asal qo‘shing.
Ovsaynkali pechenyelar qopqog‘i zich yopiladigan idishda, xolodilnikda 1 haftagacha turishi mumkin.
Bu pechenyelar sport bilan shug‘ullanishdan oldin yeyilsa muskullarga kuch beradi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda sulidan tayyorlangan yana boshqa sog‘lom pishiriqlarning retseptini ham topasiz
Veb sahifa: www.juvajon.com