Pomidorli sup g‘arb mamlakatlarida eng keng tarqalgan sup. Pomidorli sup sog‘lom va mazali bo‘ladi. Uni tayyorlash ham juda oson. Uning ta’mi o‘zbek oshxonasidagi boshqa suplarga o‘xshamaydi. Bu supni pomidor pishib yetilgan vaqtda tayyorlashni tavsiya qilaman. Odatda pomidorli sup tushlikda, yoki kechki ovqatga birinchi taom sifatida dasturxonga tortiladi. Vegetarian taom.
Kerakli mahsulotlar (5-6 portsiya uchun):
- 8-12 dona pomidor (hajmiga qarab)
- 1-2 dona piyoz
- 1 dona sabzi
- Yarim bosh rayhon
- 200 ml qaymoq (xohishga qarab)
- 1 osh qoshiq zaytun yog‘i
- 2 dona chesnok tishi
- 1 dona seldr
- Yarimta sabzavot ta’mli kubik
- Tuz va murch
- 1 osh qoshiq shakar

Pomidorlarni tayyorlab olish
Buning uchun yuvilgan pomidorlarni to‘rtga bo‘ling. Keyin ularni listga tering. Ustiga tuz sepib 30-35 minut davomida qizigan duxovkada yumshatib oling.

Pomidorli supni tayyorlash
Katta idishga yog‘ni quying. Ustiga mayda to‘rg‘algan piyoz va chesnokni soling. Biroz qo‘g‘iring.

Keyin qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi va maydalangan seldrni soling. Yana bir-ikki qo‘g‘iring.

Keyin ustiga duxovkadan chiqqan pomidorlarni soling.


Ustiga to‘rg‘algan rayhonni qo‘shing. Shakar, murch va tuz qo‘shing.

Endi sabzavotlar kubigini 500 ml suv bilan eritib quying.

Pomidorli supni 30 minut davomida o‘rtacha olovda qaynating. Bu sup usti ochiq holatda qaynatiladi.

Vaqt o‘tgach olovni o‘chiring. Supni qo‘l blenderida bir xil massa qilib oling.

Pomidorli sup tayyor.

Odatda pomidroli supni qaymoq qo‘shib yeyiladi. Pomidorli supni krutonlar bilan dasturxonga torting. Krutonlarni qanday tayyorlashni man bu linkdan topasiz.

E’tibor qiling:
Agar pomidorli supni katta blenderda aylantirmoqchi bo‘lsangiz, supni biroz sovitib oling. Chunki bu sup juda issiq bo‘ladi. Hamma blenderlar ham issiq suyuqliklarga moslashgan bo‘lmaydi.
Pomidorli sup xolodilnikda juda yaxshi saqlanadi.
Xohishga qarab qaymoqni tayyor supning ustiga, qozon ichigayoq ham quyish mumkin. Lekin men qaymoqni kosadagi pomodorli supning ustiga quyaman.
Blogdagi boshqa vegetarian taomlarni ham ko‘ring.

Yoqimli ishtaha!!!
Veb sahifa: www.juvajon.com