You are currently viewing Qiymali turkcha pide

Qiymali turkcha pide

Turkcha pide Turk oshxonasing yana bir mashhur vakilidir. Uning yana bir nomi Turkcha pitsa. Uni go‘sht, pishloq yoki ikkalasini aralshtirib tayyorlash mumkin.

Kerakli mahsulotlar (4 dona pide uchun ya’ni 4 portsiya):

Xamiri uchun

  • 500 gr un
  • 300 ml suv
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 7 gr xamirturush (droja)
  • 1 osh qoshiq zaytun yog‘i (olivka)
  • 1 dona tuxum (ustiga surkash uchun)

Ichiga solish uchun

  • 500 gr (yoki ozroq) mol go‘shtining qiymasi (yog‘siz go‘sht yaxshiroq bo‘ladi)
  • 1 dona piyoz
  • 1 dona bulg‘or qalampiri
  • 1-2 dona pomidor (hajmiga qarab)
  • Yarim bosh kashnich
  • Yarimta limonning sharbati
  • 1 osh qoshiq zaytun yog‘i (olivka)
  • Murch va tuz
  • 400 gr mozarrella pishlog‘i (xohishga qarab)

Bitta idishda iliq suv, droja va shakarni aralashtirib besh minut tindiring. Endi laganchaga un, tuz va 1 osh qoshiq zaytun yog‘ini solamiz va uning ustiga suvni quyib xamir qoramiz.

Xamirni ozgina un sepilgan stolning usti yoki surpaning ustiga quyib xamirga yaxshilab ishlov beramiz. Endi xamirni dumaloq qilib, ustiga ozgina yog‘ surkaymiz. Ustini o‘rab iliq joyda 45-60 minut oshiramiz.

Endi qiymaga, mayda to‘rg‘algan piyoz, bulg‘or qalampiri, kashnich, limon sharbati, zaytun yog‘i va pomidorni (urug‘ini olib tashlab) solib aralashtiramiz. Ta’bga qarab tuz va murch qo‘shamiz. Xona haroratida qoldiramiz.

Turkcha pide qiyma tayyorlash

Pishloqni qirg’ichdan o’tkazib olamiz.

Oshib chiqqan xamirni 4 ga bo‘lib, zuvalalar qilamiz.

Turkcha pide  xamiri

Bitta xamirni olib, oval shaklda yoyib olamiz (rasmda ko‘rsatilgan) va uni listga qo’yib olamiz.

Turkcha pide xamirini yoyish

Endi qiymaining ¼ (chorak) qismini solib, uning ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilkgan pishloqni solamiz (men bitta pideni qiymaning o’zidan, pishloq solmasdan tayyorladim).

Turkcha pide ichiga qiyma va pishloq solamiz

Keyin rasmdagidek qilib tugib olamiz. Odatda men ikkitasini tayyorlab, duxovkaga solaman va ular pishgunicha keyingi ikkalasini tayyorlayman.

Endi ustiga ozgina zaytun yog‘i araslhgan tuxumdan surkaymiz.

185C° qizib turgan duxovkada 25-30 minut yoki qizarguncha pishiramiz.

Turkcha pide, qiyma va pishloqli

Keyin biroz sovitib 3 yoki 4ga bo‘lib dasturxonga tortamiz.

E’tibor qiling:

Turkcha pide kichkinaroq ham qilinishi mumkin. Unda pishganda ikkiga bo‘ling.

Turkcha pide tayyorlashda ozroq qiyma solsa ham bo‘ladi, ta’bga va qancha qalin qilmoqchi bo’lganingizga qarab o’zingiz tanlang.

Turkcha pide tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana bir qiymali turk taomi Lahmakum retseptini ham topishingiz mukin. Karniyarik ham ajoyib turkcha taom.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

recipe image
Pide tayyorlash