You are currently viewing <strong>Qizil Barxat torti (Red velvet cake)</strong>

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo bo’lgan. Qizil barxat torining asl retseptida rang ishlatilmagan, hozirgi zamonaviy retseptiga biroz qizil rang qo‘shiladi. Quyida sizlarni qizil barxat tortining oson va ishonchli retsepti bilan tanishtiraman.

Kerakli mahsulotlar (diametri 23 sm tort uchun):

Xamiri uchun:

  • 3 dona tuxum
  • 300 gr un
  • 200 ml sut yoki ‘buttermilk’
  • 150 gr sariyog‘ yoki margarin
  • 1 osh qoshiq sirka (oq)
  • 2 osh qoshiq kakao
  • 350 gr un
  • 1 osh qoshiq razrixlitel
  • 0.5 choy qoshiq ichimlik sodasi
  • 300 gr shakar
  • 0.5 choy qoshiq tuz
  • 150 ml o‘simlik yog‘i
  • 2 osh qoshiq qizil rang (iste’mol uchun yaroqli)

Kremi uchun:

  • 250 gr sariyog‘
  • 300 gr kremchiz (cream cheese)
  • 1 choy qoshiq vanillin
  • 650 gr shakar kukuni
  • Choy qoshiq uchida tuz

Qizil barxat torti uchun xamir tayyorlash

Un, kakao, tuz, razrixlitel va ichimlik sodasini bitta idishga elakdan o’tkazib oling.

Qizil barxat torti tayyorlash

Boshqa idishda ‘buttermilk’ka qizil rangni qo‘shib oling. Endi ularning ustiga o‘simlik yog‘ini quying.

Qizil barxat torti tayyorlash

Uchinchi idishda sariyog‘ning ustiga shakarni soling. Sariyog‘ xona haroratida bo‘lishi kerak. Ikkalasini mikser yordamida aralashtirib oling. Keyin ularning ustiga tuxumlarni bitta- bitta qo‘shib aralashtirishda davom eting.

Oxirida quruq mahsulotlar, suyuq mahsulotlar va sariyog‘li aralashmani bitta idishda aralashtirib oling. Shu yerda yana xohishga qarab ozgina qizil rang qo‘shish mumkin.

Qizil barxat torti tayyorlash

Endi bu xamirni yog‘langan va un sepilgan qoliplarga quying. Men uchta, bir xil hajmdagi qolipga teng quydim. Lekin bu miqdordagi xamirni ikkita qolipda ham pishirish mumkin.

Qizil barxat torti tayyorlash

Qizil barxat tortini 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 25 minut davomida pishiring.

Qizil barxat torti tayyorlash

Pishib chiqqan biskvitni qolipda 5 minut atrofida qoldiring. Keyin chetlarni shpatula yoki pichoq bilan qolip devoridan bo‘shatib oling. Keyin biskvitni ontaring. Qoliplarga un sepilganligi uchun, biskvitlar qolipdan oson chiqishi kerak. Biskvitlarni to‘la sovitib oling.

Qizil barxat torti uchun krem tayyorlash

Xona haroratidagi sariyog‘ni mikser bilan bir-ikki aralashtirib oling.

Keyin unga xona haroratidagi kremchizni qo‘shing, ikkalasini mikser bilan yengil aralashtiring.

Qizil barxat torti tayyorlash

Keyin ularning ustiga shakar kukunini elakdan o‘tkazib qo‘shing. Avval qoshiq bilan aralashtiring, bo‘lmasa shakar kukuni hamma joyga sochilib ketadi. Endi vanillin va tuzni qo‘shib hammasini mikser bilan ko‘pirtirib oling. Krem oppoq ko‘rinishda bo‘ladi.

Qizil barxat torti tayyorlash
Qizil barxat torti tayyorlash

Endi biskvitni bittasini oling va krem surkang. Men biskvitni idishga qo‘yishdan oldin idishga kremdan ozgina tekizib olaman, biskvit idishda qimirlamay turushi uchun.

Biskvitlarni hammasini shu usulda ustma-ust terib chiqing. Kremdan tortning yonboshlariga ham surkang.

Tortning ustini xohishga qarab bezating. Men tortni ustiga biskvitdan chiqqan mayda ushoqlardan sepib qo‘ydim. Yonboshlariga esa, mayda qandolat mahsulotlaridan sepdim. Tortni yarim soat yoki uzoqroq sovuq joyda qoldiring, krem qotishi uchun.

Qizil barxat torti

Endi qizil barxat tortini dasturxonga tortish mumkin.

E’tibor qiling:

Uy sharoitda ‘buttermilk’ tayyorlash, sutning ustiga 1 osh qoshiq limon sharbati yoki sirka qo‘shing. Keyin uni 10 minut atrofida qoldiring. ‘Buttermilk’ tayyor, uni tort, kekslar va pankeyk uchun ishlatish mumkin. ‘Buttermilk’ tort xamirni yanada mayin bo‘lishiga yordam beradi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali tortlarning retseptini ham topasiz, masalan, bayramona shokoladli tort, qirolicha viktoriya torti, sabzili tort yoki uch sut torti.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com