Schnitzel Germaniya va Avstriyaning milliy taomi bo‘ladi. U Yevropaning boshqa joylari va Shimliy Amerikaga ham yetib borgan. Schnitzel tayyorlashga juda oson, tezda tayyor bo‘ladigan mazali taom. Katta va kichikka birdek yoqadi.
Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):
- 2-3 dona tovuq go‘shtining ko‘krak qismi
- 2 dona tuxum
- 70 gr un
- 60-70 gr tolqon
- 200 ml o‘simlik yog‘i
- Tuz va murch
- Ziravorlar -ta’bga qarab
Tovuq go‘shtini o‘rtasidan bo‘lib oling.
Keyin uni sellofanga o‘rab, bolg‘a bilan urib oling.
Un, tuxum va tolqonni alohida idishlarga solib oling. Hammasiga ta’bga qarab ziravorlar, tuz va murch seping.
Endi go‘shtni oldin unga, keyin tuxumga, oxirida esa tolqonga bulab oling.
Tovaga yog‘ni quying. U qizigach go‘shtni unga soling. Go‘shtining bir tomonini 4 minut davomida qo‘g‘iring. Ikki tomoniga 8 minut vaqt ketadi.
Go‘shtni hammasini shu usul bilan qo‘g‘irib oling. Tayyor go‘shtni qog‘oz sochiqqa qo‘ying turing.
Schnitzel tayyor. Uni dasturxonga issiqligida torting. Odatda u limon bo‘lagi va kartoshka pyuresi bilan tortiladi.
E’tibor qiling:
Men quritilgan chesnok, piyoz va paprika ziravorlaridan qo‘shdim.
Bu taomni mol go‘shtidan ham tayyorlash mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa mazali tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlarning retseptini topasiz. Masalan, KFC usulida tovuq yoki tovuq naggetlari.
Veb sahifa: www.juvajon.com