You are currently viewing Shokoladli archa – Yangi yil bayrami uchun

Shokoladli archa – Yangi yil bayrami uchun

Bugun sizlarni internetda trend bo‘layotgan shokoladli archa tayyorlash bilan tanishtiraman. Shokoladli archa bayramona nonushta yoki tamaddi uchun juda mos tushadi. Mazali va oson retsept.

Kerakli mahsulotlar (40 sm shokoladli archa uchun):

  • 500 gr paf-pastry
  • 4 osh qoshiq shokoladli pasta, masalan Nutella
  • 1 dona tuxum
  • Ozgina un (kerak bo‘lsa)

Men bugun vaqtim oz bo‘lganligi sababli tayyor paf-pastridan foydalandim. Lekin paf-pastrini uyda ham tayyorlash mumkin. Mana bu linkda paf-pastry tayyorlash retsepti bilan tanishasiz.

Bitta yoyilgan paf-pastrini qog‘oz solingan listga joylang. Keyin uni uchburchak shaklda kesib oling (rasmga qarang).  Shakl a’lo darajada tekis bo‘lishi shart emas.

Paff-pastry

Keyin xamirning ustiga shokoladli pastani surkang. Xamirning bir chetidan qo‘l bilan ushlab olinsa, unga pastani surkash oson bo‘ladi.

Shokoladli archa tayyorlash

Endi xamirning ikkinchisini ham birinchi xamirning ustiga joylang. Chetlarini birinchi qavatga moslab kesib oling.

Paff-pastry
Shokoladli archa tayyorlash

Uchburchak shakldagi xamirni ikki tomonida, 1 sm kenglikda lentalar kesib oling. Kesishni pastdan boshlash osonroq. Lentalarning o‘rtasida kesilmagan joy qolsin (rasmga qarang). Bu joy archaning poyasi bo‘ladi.

Shokoladli archa tayyorlash

Endi har bitta lentani ikki marta burab oling. Lentalar archaning shoxlari bo‘ladi.

Chetlaridan chiqqan xamirdan ikkita yulduz shaklini chiqaring. Bitta yulduzning o‘rtasiga shokoladli pastadan ozgina surkang. Ustini ikkinchi yulduz bilan yoping. Endi bu shaklni archaning eng tepasiga qo‘ying. Barmoq bilan biroz ezing, yopishishi uchun.

Shokoladli archaga tuxum surkang.

Shokoladli archa tayyorlash yangi yil uchun

Endi uni 180⁰C da qizib turgan duxovkada 18-20 minut atrofida pishiring. U pishganda usti tilla rangda bo‘ladi.

Shokoladli archa (nutella twist)

Biroz sovigan shokoladli archaning ustiga shakar kukuni sepib, dasturxonga torting.  Odatda shokoladli archani yangiligida yeyiladi. Lekin ertasiga ham u mazali bo‘ladi.

Shokoladli archa- yangi yil uchun

E’tibor qiling:

Shokoladli archaning chetlaridan chiqqan xamirdan ham mayda shakllar yasab, ularni ham pishirib oling.

Shokoladli archaning ichiga shokoladli pasta  bilan birgalikda bodom yoki yong‘oq maydasidan ham sepish mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa bayramona retseptlarni ham ko‘ring. Masalan, yangi yil pechenyelari yoki qorli pechenyelar

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com