Shokoladli xurmo Arab shirinligi hisoblanadi. Uni hozirda ko‘p joylarda uchratish mumkin. Juda mazali va tayyorlashga oson desert, ramazon kunlari uchun juda qo‘l keladi.
Kerakli mahsulotlar (12 dona xurmo uchun):
- 70 gr shokolad
- 1 osh qoshiq sut
- Yarim choy qoshiq o‘simlik yog‘i
- 12 dona bodom mag‘izi
- Ozgina kokos yoki pista maydasi (ta’bga qarab)
Xurmoni o‘rtasidan bo‘lib, danagini olib tashlang.
Keyin ularning o‘rtasiga bodom mag‘izini solib chiqing. Shokoladni sut va yog‘ bilan eritib oling.
Endi xurmolarni shokoladga bulab chiqing. Ustiga kokos maydasi yoki maydalangan pista mag‘izidan seping. Yana ta’bga qarab boshqa mag‘izdan ham foydalanish mumkin.
Shokoladga bulangan xurmolarni fergament qog‘oziga qo‘ying va 1 soatga xolodilnikka solib qo‘ying.
Vaqt o‘tgach shokoladli xurmo tayyor bo‘ladi. Uni darrovda yoki keyinroq dasturxonga tortish mumkin. Shokoladli xurmo usti yopiq idishda uzoq vaqt saqlanadi.
E’tibor qiling:
Shokoladni eritish vaqtida, uni kuydirib yubormang.
Agar shokolad ish jarayonida quyuqlashib ketsa, uni yana issiqqa qo‘ying. U yana eriydi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda shokoladli qulupnay tayyorlash retseptini ham topasiz. Yana boshqa mazali dessertlarning retsepti ham bor.
Veb sahifa: www.juvajon.com